Kapitalbank “PLUS Galaxy Award” tanlovining “Kiçik biznes uçun eng yaxşi xizmat” nominatsiyasida ğolib çiqdi. Tanlov ğoliblarini taqdirlaş marosimi 12 iyun kuni “Digital Uzbekistan” PLUS-forumi doirasida bölib ötdi. Hakamlar hay’ati moliya injiniring, bank xizmatlari va çakana savdo sohasidagi yutuqlar uçun mukofotlarni topşirdi.

— Kiçik va örta biznesni qöllab-quvvatlaş faoliyatimizning ustuvor yönalişlaridan biridir. Biz tadbirkorlar uçun mahsulot va xizmatlarni takomillaştirişda davom etamiz, şundagina har bir biznes mijozimiz qulay va foydali moliyaviy vositalardan foydalaniş imkoniyatiga ega böladi, — deydi Kapitalbankning Kiçik biznesni rivojlantiriş böyiça boşqaruvçi direktori Andrey Şennikov. — Muvaffaqiyatlarimiz “Digital Uzbekistan” xalqaro forumi ekspertlari tomonidan yuqori baholangani uçun xursandmiz.

Tanlovda moliyaviy xizmatlar bozorida salmoqli muvaffaqiyatlarga erişayotgan moliyaviy taşkilotlar, savdo va xizmat körsatiş kompaniyalari iştirok etişdi.

Joriy yil boşidan buyon Kapitalbank “Makon Marketing Forum 2024” tomonidan “Özbekistonda 2023 yilda moliya sohasida innovatsion mahsulotlar yaratişda erişgan yutuqlari uçun” mukofoti hamda “International Finance Awards” tomonidan “Özbekistonning 2023 yildagi eng yaxşi çakana banki” va “Özbekistondagi 2023 yildagi eng innovatsion xususiy banki” unvonlari bilan taqdirlangan.

PLUS Forumi haqida

“Digital Uzbekistan” PLUS-forumi davlat organlari, banklar va çakana savdo kompaniyalari örtasidagi özaro hamkorlik masalalariga bağişlanadi. Forumning maqsadi Özbekistonning iqtisodiy ösişiga qöşimça turtki beriş, bank-moliya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, şuningdek yangi loyihalarni işlab çiqişdan iborat.

Reklama