Boeing va Airbus kompaniyalarining ba’zi samolyotlari soxta muvofiqlik sertifikatiga ega bölgan titan komponentlari bilan jihozlangan. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Qöşma Ştatlarda buning parvozlar xavfsizligi uçun oqibatlari va bunday qismlarga ega samolyotlar sonini aniqlaş uçun tergov boşlangan.
Hujjatlarni qalbakilaştiriş işi böyiça tergovni AQŞ Federal aviatsiya ma’muriyati (FAA) va Boeing uçun fyuzelyajlar, şuningdek, Airbus qanotlarini yetkazib beruvçi Spirit AeroSystems kompaniyasi olib bormoqda.
Naşrning ta’kidlaşiça, ta’minotçi kompaniya metallda korroziya oqibatida kelib çiqqan mayda teşiklarni aniqlaganidan keyin suriştiruv boşlangan.
Vaziyatdan xabardor manbalarning ta’kidlaşiça, titan sotuvçi Xitoy kompaniyasining xodimi sertifikatlarni soxtalaştirgan va material işonçli ta’minotçidan olinganini bildirgan.
FAA bayonotida aytilişiça, muammo kölami örganilmoqda va bunday qismlardan foydalaniş samolyotlarning qisqa va uzoq muddatli xavfsizligiga ta’siri qanday bölişi aniqlanmoqda. Qança samolyotda şubhali materiallardan tayyorlangan qismlar borligi aniq emas.

















