Xorvatiya — Albaniya: xato qiliş huquqisiz (18:00 / ZörTV)
Zlatko Daliç jamoasi birinçi turda Ispaniyaga yirik hisobda mağlub bölib (0:3), öz muxlislari işonçini oqlay olmadi. Mağlubiyat sababini yaqqol ifodalovçi manzara ikkinçi bölim örtalarida Modriç va Kovaçiç almaştirilgani böldi. Xorvatiya milliy jamoasi yetakçilari şunçaki çarçab qolişgandi. Şundan keyin köpçilik yana jamoada avlodlar almaşinuvida keçikişgani haqida gapira boşlaşdi.
Albaniya bilan öyin — futbolçilar uçun muxlislar köz öngida aybini yuviş uçun imkoniyat. Turnirning hozirgi formulasida guruhdan uçinçi örin bilan ham çiqiş mumkin, şunday ekan, hali Xorvatiya uçun heç narsa yöqotilgani yöq.
Italiyaga munosib qarşilik körsatgan albanlar umuman oson raqib emas. Uçinçi turda ular Ispaniya milliy jamoasiga qarşi öynaşi hisobga olinsa, Silvinio aynan xorvatlar bilan qarama-qarşilikda maksimum oçko olişga harakat qilişi tayin.
Bu töqnaşuv şiddatli keçişi kutilmoqda. Agar pley-offga çiqişni istasa, Xorvatiyaning boşqa xato qilişga haqqi yöq. Albaniya ham turnirni erta tark etişni istamaydi.

Germaniya — Vengriya: nemislar bugunoq pley-off yöllanmasini hal qiladimi? (21:00 / ZörTV)
«Bundestim» işonçli start olib, Myunxendagi oçiliş öyinida Şotlandiyani yançib taşlagandi. Yoş Virs va Musiala özlarini a’lo darajada körsatişgan, jamoa faxriysi Toni Kroos grossmeysterlarça harakat qilib, maydon markazida hukmronlik qilgandi. Yulian Nagelsmann şogirdlari bu safargi Yevroda ular bilan barça hisoblaşişi lozimligini körsatişgandi. Vengriya ustidan ğalaba bu muvaffaqiyatni mustahkamlaydi va Germaniyaga pley-off yöllanmasini kafolatlaydi.
Vengrlar Şveytsariyaga qarşi keçgan birinçi öyinida raqibga haddan taşqari köp sovğa qilişgandi, nemislar bilan ham şunday öynalsa, bu halokatga teng böladi. Lekin ikkinçi bölimning ayrim vaqt oraliqlarida Marko Rossi jamoasi yomon körinmagandi. Agar şunday pallalarda vaziyatlardan foydalanilsa, syurpriz kutiş ham mumkin.
Ularda boşqa variant ham yöq, mağlubiyat jamoa uçun uçinçi turni quruq rasmiyatçilikka aylantirişi mumkin. Vengrlar uçun durang ham yomon natija bölmaydi, bu holda ular uçinçi turda Şotlandiya ustidan ğalaba qozonsa, guruhdan çiqişi mumkin.
«Biz Germaniyaga jang taklif qilib, kamida bir oçko uçun kuraşmoqçimiz», — degan jamoa yarimhimoyaçisi Andraş Şefer.



















