Xorvatiya — Albaniya: «şaşkaçilar»ning yulduzli avlodi sönmoqda

Xorvatiya – Albaniya 2:2
Gollar: 0:1 – 11 Lyaçi, 1:1 – 74 Kramariç, 2:1 – 76, avtogol Klaus Gyasula, 2:2 – Klaus Gyasula 90+4.
Xorvatiya – Livakoviç, Yuranoviç, Şutalo, Gvardiol, Perişiç (Sosa, 84), Modriç, Kovaçiç, Brozoviç (Paşaliç, 46), Mayyer (Suçiç, 46), Kramariç (Baturina, 85), Petkoviç (Budimir, 69).
Albaniya – Strakoşa, Hyusay, Jimşiti, Ayyeti, Mitay, Lyaçi (Gyasula, 72), Bayrami, Ramadani (Xoja, 85), Aslani, Asani (Seferi, 64), Manay (Daku, 85).
Ogohlantirişlar: Hyusay (76), Ivuşiç (87).

Xorvatiya dastlabki turda Ispaniyaga yirik hisobda (0:3) mağlub bölgaç, muxlislar oldida özini oqlaşi talab etilayotgandi. Buning uçun raqib mos edi — B guruhi autsayderi Albaniya. «Şaşkaçilar» sönggi ikkita jahon çempionatida top-3 dan joy olişgandi, ammo işonçli ğalaba va pley-off uçun kuraşga qaytiş örniga yana bir bor oçko yöqotdi.

Albanlar Italiyaga qarşi öyinda bölgani kabi (1:2) tezda hisobni oçişdi — Kazim Lyaçi 11-daqiqadayoq darvoza törini işğol etdi. «Burgutlar» bu safar hisobdagi ustunligini uzoq vaqt saqlab turişdi: qaysidir pallada ular öyinni ğalabagaça olib borişiga şubha yöq edi — ularning darvozasi atrofida xavfli vaziyatlar yuzaga keltirilmadi, Dominik Livakoviç esa bir neça bor xorvatlarni ikkinçi goldan qutqarib qoldi. Daliç jamoasi jiddiy hududiy ustunlikka erişdi (öyinning 61 foiz qismida töpga egalik qilindi), ammo bundan foyda çiqara olmadi. Luka Modriç xatolar qilmoqda, Yoşko Gvardiol öziga biriktirilgan raqiblarni böş qoldirmoqda, Ivan Perişiç esa qanot böylab oldinga taşlanmayapti.

Faqat öyin oxirlariga borib Xorvatiya nihoyat turnirdagi birinçi golini urdi — Andrey Kramariç jarima maydoni atrofida boşlangan kombinatsiyani aniq zarba bilan yakunladi. Bu 90 daqiqa davomida Albaniya himoyasida böşliq paydo bölgan kam sonli epizodlardan biri edi. Ikki daqiqa ötmasdan Klaus Gyasulaning avtogoli Zlatko Daliç şogirdlarini hisobda oldinga olib çiqdi. Endi bu öyinda «şaşkaçilar»ning qiyin ğalabasi qayd etilişi muqarrardek edi. Ammo qöşimça daqiqalarda Gyasula aybini yuvib, öyin davomidagi ikkinçi kambekni amalga oşirdi. U Yevro tarixiga zaxiradan maydonga tuşgan holda ikki tomondagi darvozaga ham gol urgan birinçi futbolçi sifatida kirdi.