“Mening boğim” loyihasi doirasida “Oçiq budjet” portalida 20 iyunga qadar fuqarolar öz mahallalarida yaşil boğlar va yaşil jamoat parklarini taşkil qiliş yuzasidan taşabbus qoldirişi mumkin. Ammo bunday taşabbuslar hududi çeklangan. Kun.uz kuzatuvçilari ayni şu masalada tahririyatga murojaat qildi. Mas’ullar nima sababdan lokatsiyalar çeklanganiga izoh berdi.

Prezidentning 199-sonli farmoniga asosan “Yaşil makon” umummilliy harakatini takomillaştiriş yuzasidan farmoni imzolandi. Bunga köra, Vazirlar Mahkamasining 156-sonli qarori tasdiqlandi. Unga muvofiq, “Yaşil makon” harakati doirasida davlat budjetidan ajratilgan mablağlarning 50 foizi aynan “Oçiq budjet” portali orqali keng jamoatçilik iştirokida sarflanişi belgilab ötildi. Şu loyihaga joriy yilning 10 iyunidan start berildi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi bölim boşliği Habibullo Hamidov Kun.uz’ga bergan intervyusida ma’lum qilişiça, “Mening boğim”da taşabbus qoldiriş “Taşabbusli budjet” jarayonlaridan farq qiladi. Çunki “Taşabbusli budjet”da fuqarolar taşabbus mazmunini özlari kiritgan bölsa, “Mening boğim”da Ekologiya vazirligi tomonidan 1000 dan oşiq hududlar tanlangan. Fuqarolar faqatgina öşa hududlar böyiça taklif qoldira oladi. Bu biror fuqaro yoki yuridik şaxsga tegişli yerga oid takliflar kiritilmasligi uçun qilingan.

“Bu yerda fuqarolar yaşil zonalarni taşkil etiş va belgilangan manzillarga manzarali daraxtlar ekiş takliflarini ilgari surişlari mumkin. Taqdim etilgan 1000 dan ortiq lokatsiyalar portalga joylaştirilgan, bu berilgan takliflar moderatsiya jarayonlarida rad etilmasligiga yordam beradi. Ayrim fuqarolar tomonidan ma’lum hududlarda yaşil boğlar taşkil qiliş takliflari bildirilganda bu aynan öşa manzil boşqa fuqaroga tegişli yoki boşqa fuqaroning tomorqasi, yo biror korxonaga tegişli böladigan bölsa, şu taklif moderatsiya jarayonida rad etilişi tayin. Şuning uçun belgilangan lokatsiyalar böyiça takliflar kiritiladi”, - dedi IMV mas’uli.

Ekologiya vazirligi mas’uli Ölmas Sobirovga köra, har yili har xil hududlar tanlanadi.