Toşkent şahrida, “Xalqlar döstligi” metro bekati yonida bir neçta şaxs yoş yigitni majburlab, maşinaga ötqizib olib ketişga uringan. Ammo maqsadlariga yetolmagan. Holat 24 iyun kuni soat 23:50 lar atrofida bölgan.
Olib ketilmoqçi bölgan yigit Azizbek Usmonjonov Kun.uz’ga murojaat qilib, bu janjalning sababini oçiqladi. Unga köra, janjal sababi pul bilan boğliq.
“Ikki-uç oydan beri “Xalqlar döstligi” san’at saroyi oldida elektr samokat ijarasi bilan şuğullanaman. Dildora ismli opa bor. Hududda işlaganimiz uçun şu opaga kuniga 100 ming sömdan “dolya” berib turardik. Yaqinda faoliyatimni qonuniy yölga qöydim. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida röyxatdan ötib, soliq tölay boşladim. Şuning uçun opaga “dolya” bermasligimni aytdim. Pul bermasang, sen bu yerda işlay olmaysan, dedi va şu holat böldi.
Maşinaga ötqazib olib ketişga urinişdi. Biroz yurganimizdan keyin meni uşlab ötirgan yigitlardan birining qölini qattiq tişladim. Oldinda içki işlar organlari xodimlari kelayotganini körib, meni maşinadan tuşirib yuborişdi”, deydi Azizbek Usmonjonov.
Toşkent şahar IIBB holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Ma’lum qilinişiça, joriy yil 24 iyun kuni taxminan soat 23:50 larda “Xalqlar döstligi” metro bekati oldida 2002 yilda tuğilgan A.U. va uning tanişlari – 2002 yilda tuğilgan X.O., 2002 yilda tuğilgan M.A., 2004 yilda tuğilgan S.T. va boşqalar özaro kelişmovçilik sababli oğzaki tortişib qolgan. Söng uşbu fuqarolar A.U.ni özlariga tegişli Matiz maşinasiga ötqazayotgan vaqtida, IIO PPX xodimlari kelayotganini körib, qoçib ketgan.
“Mazkur holat yuzasidan Çilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda. Huquqbuzarlardan uç nafari uşlangan, qolganlarni uşlaş çoralari körilmoqda. Tekşiruv yakuni böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Qöşimça qilinişiça, heç kim tan jarohati olmagan va piçoq bilan tahdid qiliş holati aniqlanmagan.

















