Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi “Ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan eng yaxşi material” tanlovining ğolib va sovrindorlarini e’lon qildi.
Prezident qaroriga asosan taşkil etilgan tanlov yuzasidan joriy yilning 1-çoragida OAV xodimlari va mualliflar taqdim etgan 435 ta maqola, şarh, jurnalistik suriştiruv, intervyu, video-, audio-, fotomateriallar tanlovmedia.uz platformasiga joylaştirilgan.
Jamoatçilik ovozi va hakamlar hay’atining baholaşlari natijasida 4 ta yönalişda (telekanallar, radiokanallar, veb-saytlar, gazeta va jurnallar) ğoliblar aniqlandi.
“Veb-saytlarda e’lon qilingan materiallar” yönalişida Kun.uz muxbirlari Zuhra Abduhalimova va Şokir Şaripov mos ravişda 2– va 3-örinlarni egallaşdi. Bu yönalişda 1-öringa Oyina.uz sayti boş muharriri Inobat Ahatova munosib deb topildi.


Bundan taşqari, Kun.uz muxbirlari Madina Oçilova va Normuhammadali Abdurahmonov rağbatlantiruvçi mukofotlar bilan taqdirlandi.


Har bir yönaliş böyiça ğolib va sovrindorlar quyidagiça miqdorlarda: 1-öringa 50 BHM (17 mln söm), 2-öringa 40 BHM (13,6 mln söm), 3-öringa 30 BHM (10,2 mln söm) mablağ bilan taqdirlandi.
Rağbatlantiruvçi örinlar egalari esa 10 BHM (3,4 mln söm) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Mukofotlarni 27 iyun – Matbuot va OAV xodimlari kunida AOKA boş direktori Asadjon Xöjayev topşirdi.

Şuningdek, kuni keça prezident Şavkat Mirziyoyevning farmoni asosida, kasb bayrami munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhi mukofotlangan, xususan Kun.uz boş muharriri Dilşod Abduqodirov “Şuhrat” medali bilan

















