UNG Petro benzin şoxobçalari tarmoği va Çinoz neftni qayta işlaş zavodi 2023 yilning noyabr oyida 453 mlrd sömga (yoki 519 mlrd söm) sotilgan bölişi mumkin. Bu ma’lumot “Özbekneftgaz”ning xalqaro standartlar asosidagi hisobotida keltirib ötilgan.
“Moliyaviy hisobotga köra, jami balans böyiça 547 mlrd sömlik ikki aktivning sof balans qiymati begonalaştiriş paytida 259 mlrd sömni taşkil etgan. “Özbekneftegaz” mazkur sxemadan 194 mlrd sömlik nooperatsion daromad qayd etgan.
Demak, UNG Petro zapravkalar tarmoği va Çinoz neftni qayta işlaş zavodi, agar QQS tölanmagan bölsa, 453 mlrd sömga sotilgan (puli töliq tölangan yo tölanmagani noma’lum). Hisobot izohiga köra, ayni sxema böyiça nooperatsion daromad 260 mlrd söm deb tan olingan”, – deya yozdi iqtisodçi Otabek Bakirov.
Uning qöşimça qilişiça, “Özbekneftegaz” özining alohida moliyaviy hisobotida yuqoridagi aktivlarni sotişdan 152,18 mlrd söm nooperatsion daromad olinganini qayd etgan.
“Bu tan olingan daromad bitimning jami summasiga oidmi yoki kelib tuşgan bir qism qiymatgami, bir narsa deyiş qiyin.
UNG Petro zapravkalar tarmoği va Çinoz neftni qayta işlaş zavodi bölib tölaş şartlarda sotilgan bölişi ehtimoli ham mavjud (garçi öta muhim fakt bölsa-da, auditor bu borada sukut saqlagan). Konsolidatsiyalaşgan hisobotdayam bunga aniqlik kiritilmagan.
Bitim qiymati tiyinigaça aniq qançaligini yana taxmin qiliş mumkin xolos”, – deya xulosa qiladi Otabek Bakirov.
Eslatib ötamiz, mazkur aktivlar “Petroleum Technology Group” MÇJ egaligiga ötgandi. Bu MÇJga sobiq taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovning öğli Doniyor Komilov egalik qiladi.
Bu xususiylaştiriş jarayonlari haqida hozirga qadar rasmiy izoh berilmagan.
Avvalroq, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan investitsiya dasturida “Özbekneftgaz”ga tegişli Çinoz neftni qayta işlaş zavodi, avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalari va neft konlaridagi uskunalarni sotiş közda tutilgan, bu uçta aktiv jami 70 mln dollarga

















