Eronda prezidentlik saylovlarining ikkinçi turi natijalari e’lon qilindi. Saylov komissiyasi xabariga köra, Islohotçilar qanotidan yagona nomzod, etnik ozarboyjon Mas’ud Pizişkiyon 16,4 mln eronliklar tomonidan qöllab-quvvatlandi va ğalabaga erişdi.
Uning raqibi Konservatorlar qanotidan nomzod Said Jaliliy 13,5 mln ovoz olgan.
Birinçi turda ham Pizişkiyon ğalaba qozongandi. Biroq ikkala nomzod ham 50 foizdan köproq ovoz jamğara olmagani ortidan prezident saylovi ğolibi ikkinçi turda aniqlanişi ma’lum bölgandi.
















