Özbekistonda ilk bor “yaşil boğ” va “yaşil jamoat parklari”ni taşkil qilişga qaratilgan “Mening boğim” loyihasi bölib ötdi. Taşabbuskorlar 10 iyundan 20 iyungaça “Oçiq budjet” portalida yaşil parklar va yaşil jamoat parklarini taşkil qilişga oid takliflarini qoldirdi.
Takliflarni saralaş 20 iyundan 23 iyungaça, ovoz beriş 23 iyundan 3 iyulgaça ötkazildi. Takliflarga 53 mingdan ortiq ovoz berildi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabariga köra, ovoz beriş jarayoni yakunlari böyiça 215 ta loyiha ğolib deb topildi.
Ğolib bölgan loyihalarni moliyalaştiriş uçun respublika böyiça 48,6 mlrd söm mablağ yönaltiriladi.
“Mening boğim” loyihasi haqida
Vazirlar Mahkamasining tegişli qaroriga köra, 2024 yildan “Yaşil makon” umummilliy loyihasini amalga oşirişda respublika budjetidan har yili ajratiladigan mablağlarning kamida 50 foizi “yaşil boğ” va “yaşil jamoat parklari”ni taşkil qiliş uçun “Oçiq budjet” axborot portali orqali jamoatçilik fikri asosida işlab çiqilgan “Mening boğim” loyihalarini moliyalaştirişga yönaltirilişi belgilandi.
Bunda “yaşil boğ” va “yaşil jamoat parklari”ni taşkil qiliş böyiça yer maydoni manzili va rasmlari körsatilgan holda, qiymati 250 mln sömdan oşmagan taşabbus bildiriladi.
Ajratiladigan mablağlar miqdoriga loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlik kiritiladi. Aniqlik kiritilgan miqdordan oşgan taqdirda loyihaga boşqa loyihalarda iqtisod qilingan mablağlar ajratiladi. Şuningdek, loyihalarga viloyatlar va poytaxt kengaşlarining qarorlari asosida mahalliy budjetlarning qöşimça mablağlari sarflanadi.
Avvalroq, mas’ullar Kun.uz’ga bergan intervyusida “Mening boğim” loyihasi qanday taşkil etilişi borasida batafsil ma’lumot bergandi.

















