Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda Cobalt urib yuborgan 10 yoshli qizning ahvoli haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi
Bemorga bosh miya yopiq jarohat olishi, chap o‘mrov suyagi yopiq sinib siljishi tashxisi qo‘yilgan. Andijon viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, bemorning umumiy holati qoniqarli.
Foto: Videodan kadr
8 iyul kuni Andijon shahri O‘zbekiston ko‘chasidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida 25 yoshli haydovchi 1999 yilda tug‘ilgan qizni urib yuborgani ma’lum qilingan edi. Kun.uz qizning ahvoli haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Andijon viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan bog‘landi.
Ma’lum qilinishicha, bemor Andijon shahar tez tibbiy yordam kasalxonasiga olib borilib, zudlik bilan kerakli tekshiruvlar va mutaxassislar ko‘rigi tayinlangan. Unga bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, chap o‘mrov suyagi yopiq sinib siljishi tashxisi qo‘yilgan. Boshqarma bemorning umumiy ahvoli qoniqarli ekanini qo‘shimcha qildi.
“Kerakli muolajalar qilinib, chap yelka kamariga gipsli bog‘lam qo‘yildi. Davolashni davom ettirish uchun bemor bolalar neyrotravmatologiya bo‘limiga yotqizildi”, – dedi boshqarma xodimi Muzaffalsho Muhammadiyev.
Oldinroq, Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 8 yoshli qizni BYD bosib ketgani va Samarqandda Nexia 7 yoshli bolani urib yuborgani xabar qilingandi. Har ikki YTH oqibatida bolalar halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
09:20 / 03.03.2026
819 mln so‘mlik oltinni chegaradan yashirincha olib o‘tishga uringanlar ushlandi
10:06 / 01.03.2026