Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanida öquvçi qiz sinfdoşlari tomonidan ruhiy zöravonlikka uçragani aniqlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Bolalar ombudsmaniga joriy yilning 12 iyun kuni Toşkent şahrida yaşovçi fuqaro G.X.dan murojaat kelib tuşgan. Unda ayol 2008 yilda tuğilgan qizi A.T. Mirzo Uluğbek tumanidagi 49-sonli maktabda sinfdoşlari tomonidan ruhiy zöravonlikka uçraganini ma’lum qilgan.
Qizning onasi şuningdek, zöravonlikni bartaraf etiş yuzasidan maktab ma’muriyatiga qilgan murojaati e’tiborsiz qoldirilganini bildirib, maktab direktori va sinf rahbariga çora körilişini söragan.
Bolalar ombudsmani Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligiga yuborgan sörovi asosida mazkur holat örganilib, Toşkent şahar Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi tomonidan 49-sonli umumta’lim maktabi mas’ul xodimlariga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkazilgan.
Hozirda tekşiruv natijasiga muvofiq sinf rahbari E.U.ga nisbatan intizomiy jazo çorasi qöllangan. Şuningdek, maktab direktori R.N. esa ta’lim maskanida yuz bergan bunday vaziyatni boşqara oliş malakasi yetarli emasligi sababli malaka oşiriş uçun maxsus öquv kurslariga yönaltirilgan.
















