Özbekistonda bitta xonadonda yaşovçi köp oilalarning har biriga elektr energiyasi böyiça alohida hisobraqam oçiş rejalaştirilmoqda. Bu haqda 11 iyul kuni «Hududiy elektr tarmoqlari» AJda ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Gazeta.uz.
HET boşqaruv raisi birinçi örinbosari Alvar Ğaybullayevning sözlariga köra, mamlakatda bitta xonadonda törttagaça istiqomat qilayotgan oilalar ham mavjud.
«Özbekistonda bitta kadastrga, ya’ni bir xonadonga bitta hisobraqam beriladi. Bugungi kunda bitta kadastr ostida yaşayotgan törttagaça oilalar ham bor. Bunday xonadonda istiqomat qiladigan oilalar bir oyda heç qanaqasiga 200 kWh elektr energiyasi işlata olmaydi, kamida 800 kWh elektr işlatadi. Biz bu [masala] böyiça ham öz takliflarimizni berganmiz, buning ham yeçimini topişimiz kerak, hal qilinmasa bölmaydi», — dedi Alvar Ğaybullayev.
U yeçim sifatida qanday taklif kiritilişi haqida aytib berdi.
«Masalan, bitta xonadonda uç yoki törtta oila yaşayapti. Bizning taklifimiz şundayki, öşa oilalarga alohida-alohida hisobraqam oçiş yoki ijtimoiy soha bilan boğlagan holda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda yeçim topib beriş. Ya’ni ijtimoiy himoyaga muhtojligi sababli törtta oila bitta hovlida turibdi, biz ularga 200 kWh emas, 800 kWh elektr energiyasi işlatgani uçun katta pul hisoblayapmiz. Şu kabi holatlarga adolatli yeçim topiş uçun taklifimizni berganmiz: bitta oilaga bitta hisobraqam oçiş kerak, ya’ni xonadon kadastri bitta va uning pastida subiste’molçi (HET korxonasi roziligi bilan boşqa iste’molçining elektr tarmoqlariga bevosita ulangan va u bilan elektr ta’minoti yuzasidan şartnoma tuzgan iste’molçi — tahr.) sifatida alohida hisob-kitob qiliş kerak. Bu masalaga baribir yeçim topiladi, çunki ijtimoiy himoyaga muhtoj odamning ustiga yana [muammo yuklab bölmaydi]», — dedi HET rasmiysi.
Eslatib ötamiz, Energetika vazirligi yaqin istiqbolda elektr energiyasi uçun oylik 200 kWh soatgaça bölgan bazaviy me’yor miqdori oşirilişiga asos mavjud emasligini bildirgandi. Vazirlikning ma’lum qilişiça, ötgan iyun oyida 71 foiz aholi 200 kWh’gacha elektr energiyasi iste’mol qilgan.

















