Kiyevda odamlarni zaharlab öldirgan oila – SSSRda ölim jazosi berilgan ayol kim edi?
|15:34 / 13.07.202426 95110 min
1987 yilda Kiyevdagi maktabda uç öquvçi va 10 nafar öqituvçi zaharlanadi. Ikki bola va ikki öqituvçi vafot etadi. Qolganlar jonlantiriş bölimiga yotqiziladi. Şifokorlar avvaliga bemorlar içak infeksiyasi tufayli zaharlangan deb öylaşadi. Tekşiruvlarda ularning tanasida zaharli modda borligi aniqlanadi. Bemorlarni bufetda idiş yuvuvçi bölib işlaydigan ayol zaharlagani oydinlaşadi.
Bugun SSSR davri haqida gap ketganda ayrimlar “jinoyatçilik yöq edi, odamlar farovon yaşardi” deyişadi. Odamlarning qançalik “farovon” yaşagani bu alohida mavzu. “SSSRda jinoyatçilik yöq edi” degan gap esa mutlaqo yolğon.
Ma’muriy buyruqbozlik va zöravonlik ustiga qurilgan bu davlatda har yili köplab oğir jinoyatlar sodir etilardi. Biroq bu haqda heç qayerda xabar berilmas, ular ommadan yaşirilardi.
Odamlarga “SSSRda odamlar baxtli va farovon yaşayapti, giyohvandlik, jinoyatçilik umuman yöq” deb uqtirilardi. Aslida esa giyohvandlik ham bor edi, jinoyatçilik ham.
Hatto köz körib, quloq eşitmagan jinoyatlar ham sodir etilardi. Masalan, 1980-yillar boşida jinoiy guruh köplab uruş faxriylarini öldirib, qimmatbaho orden va medallarini olib ketganda bu iş ham boşqa jinoyatlar kabi odamlardan sir tutiladi.
1980-yillarda uruş faxriylarini öldirib ularning orden va medallarni olib ketib sotgan er-xotin Kalininlar
Bugun hikoya qilmoqçi bölganimiz Kiyevdagi maktabda öqituvçilar va öquvçilarning zaharlanişi hodisasi ham SSSR tarqab ketgandan söng ommaga oşkor bölgan. Ungaça bu fojia haqida uning iştirokçilari va ularning yaqinlaridan boşqa heç kim bilmagan.
Öşanda maktab oşxonasida idiş yuvuvçi bölib işlagan ayol, uning singlisi va ota-onasi köplab odamlarni zaharlaşgan, ularning bir qismi halok bölgandi.
Hodisa tafsiloti
1987 yil 17-18 mart kunlari Kiyevning Minsk rayonida joylaşgan 16-maktabda 13 kişi zaharlanadi. Ularning 3 nafari öquvçilar, 10 nafari öqituvçilar edi.
Zaharlanganlar darhol şifoxonaga olib boriladi. U yerda ikki nafar öquvçi va ikki nafar öqituvçi vafot etadi. Qolganlar jonlantiriş bölimiga yotqiziladi.
Şifokorlar avvaliga bemorlar qattiq gripp bölgan yoki içak infeksiyasidan zaharlangan deb taxmin qilişadi. Biroq bir neça kundan söng bemorlarning soçi tökila boşlaydi.
Şifokorlar ularni qayta tekşiruvdan ötkazişganda bolalar va öqituvçilar zaharlangani oydinlaşadi. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatiladi va huquqni himoya qiluvçi organlar xodimlari tomonidan suriştiruv işlari va tergov boşlab yuboriladi.
Tirik qolganlardan körsatma olinganda ular 16 mart kuni tuşlikda maktab oşxonasida ovqatlangandan söng özlarini yomon his qila boşlaşganini aytib berişadi.
Mavzuga oid
Tergov guruhi maktab oşxonasida tozalik va sifatga javobgar şaxsni söroq qilmoqçi bölganida tibbiy xodim Natalya Kukarenko ommaviy zaharlanişdan ikki hafta oldin vafot etgani oydinlaşadi.
Tergovçilarni Natalyaning ölimi ham şubhalantiradi. Tibbiy xulosada uning ölimiga yurak yetişmovçiligi sabab bölgani yozilgan bölsa ham tergovçilar uning jasadini qayta tekşirib körişga qaror qilişadi.
Qayta tekşiruvlarda Natalyaning tanasidan oğir zaharli metall – Talliy moddasi asoratlari topiladi. Şundan söng militsiya maktab oşxonasiga aloqador barçani – oşpazlar, farroşlar va idiş yuvuvçi ayolni söroq qiladi. Ularning uylarida tintuv ötkazadi.
Maktab oşxonasida idiş yuvuvçi bölib işlaydigan Tamara Ivanyutinaning uyi tintuv qilinganda u yerda içida noma’lum suyuqlik bölgan idiş topiladi. Suyuqlik tekşirib körilganda fanda “Kleriçi aralaşmasi” deb ataladigan Talliy moddasi va suv aralaşmasi ekani aniqlanadi. Ayol darhol hibsga olinadi.
Tergov va boşqa jinoyatlar
Xöş, ayol ança noyob bölgan zaharli moddani qayerdan olgandi? Tergov davomida Tamara zaharli moddani geologiya institutida işlaydigan oilaviy tanişidan olgani aniqlanadi.
Tamara Ivanyutina
Şundan söng tergovçilar Tamaraning singlisi Nina Matsibora, onasi Mariya Maslenko va otasi Anton Maslenko ham söroq qilişadi. Ma’lum bölişiça, bu oila öşa tanişidan avval ham bir neça marta Talliy moddasini olgan ekan.
Geologiya institutidagi ayolni söroq qilişganda u sönggi 15 yilda Tamara va uning oilasidagilarga kamida 10 marta Talliy moddasini berganini aytadi. Ayol Tamara va uning yaqinlari zaharli moddani kalamuşlarni yöq qiliş uçun söraşganini aytadi.
Tergov davomida Tamara va uning oilasidagilar zaharli moddani dastlabki yillarda kalamuşlarni yöq qiliş uçun işlatganini, keyin esa uni odamlardan öç oliş qöllaşganini aytişadi.
Maktabda sodir bölgan ommaviy zaharlanişgaça heç kim Tamara va uning oilasidan şubhalanmagan.
Tamara eng birinçi uzoq masofalarga yuk maşinasi haydaydigan erini zaharlaydi. 1976 yilda ayol erini şunçaki uning nomida bölgan kvartirani özlaştiriş uçun zaharlab öldiradi.
Eri ölgaç Tamara yana turmuşga çiqadi. Bu safar u ikkinçi eri Olegga qöşib uning ota-onasini (qaynona va qaynotasini) ham zaharlaydi. Ayolning maqsadi ularga tegişli hovlini egallab oliş bölgan.
Şundan söng Tamara ikkinçi eridan qolgan katta hovlida yaşay boşlaydi. Ayol hovlida çorva mollari boqadi va ularga pöçoq va boşqa ozuqalar yetkazib turiş uçun maktab oşxonasiga idiş yuvuvçi bölib joylaşadi.
Tamara maktabga işga kelgaç bu yerda özi bilan urişib qolgan partiya taşkilotçisi (partorg)ni, keyinroq ximiya öqituvçisini zaharlaydi. Partorg vafot etadi, ximiya öqituvçisi tirik qoladi.
Tamara ximiya öqituvçisini zaharlamoqçi bölib uning ovqatiga Kleriçi aralaşmasidan qöşadi. Biroq u ovqatini oşxonada ötirgan ikki öquvçi bilan birga tanovul qiladi.
Tamara Ivanyutina zaharlagan bolalar
Bir kişining ovqatini uç kişi bölişib yegani uçun doza pastroq böladi va şu sababli öqituvçi hamda ikki öquvçi tirik qolişadi.
Tergov davomida Tamaraning singlisi Nina Matsibora ham erini zaharlab öldirgani oşkor böladi. Nina yoşi özidan ança katta bölgan erini öldirib, uning Kiyev markazidagi kvartirasini egallab olgandi.
Tamaraning ota-onasi ham bu işdan çetda qolişmaydi va ular qöşnini zaharlab öldirişadi. Qöşni ularga tunda televizorni ovozini baland qilib qöyavergani uçun yoqmay qolgandi.
Bu orada Tamara maktabda özi bilan kelişmovçilikka borgan oşxona nazoratçisini va yana bir neça kişini zaharlaydi.
Eng oxirida u maktab öquvçilarini zaharlaşga qaror qiladi. Tamara öquvçilarga ovqatlanib bölgaç, stol-stulni tartibga keltirib ketişni aytganda ular ayolni masxara qilib çiqib ketişgandi.
Ayol bir neça nafar öquvçini zaharlamoqçi böladi va ularga beriladigan ovqatga zahar qöşadi. Biroq öşa paytda oşxonaga öqituvçilar ham kirib qolişadi. Tamara ularga ham zahar qöşilgan ovqatdan suzib berişga majbur böladi.
Şu tariqa yana 13 kişi – uç nafar öquvçi, 10 nafar öqituvçi zaharlanadi. Ularning tört nafari şifoxonada vafot etadi.
Sud va oliy jazo
Tergovçilar tergovni tugatib işni sudga oşirişadi. Ayblanuvçilar 45 yoşli Tamara Ivanyutina, uning 42 yoşli singlisi Nina Matsibora, 79 yoşli otasi Anton Maslenko, 77 yoşli onasi Mariya Maslenko ustidan sud boşlanadi.
Sudda ayblanuvçilar 11 yil davomida Talliy moddasi qöşib tayyorlangan Kleriçi aralaşmasi yordamida köplab odamlarni zaharlab öldirişgani isbotlanadi.
Umumiy hisobda Tamara, uning singlisi va ota-onasi 40 nafar odamni zaharlaşgani, ularning 13 nafari halok bölgani aniqlanadi. Jabrlanuvçilarning 29 nafarini Tamara zaharlagan va ularning 9 nafari vafot etgan bölib çiqadi.
Sud jarayoni bir yil davom etadi. Tamara sönggi sözida öz ayblarini mutlaqo tan olmaydi va tirik qolgan jabrlanuvçilardan hamda ölganlarning qarindoşlaridan keçirim söraşni xohlamaydi.
Sud Tamara Ivanyutinani oliy jazo – ölimga hukm qiladi. Hukm otib öldiriş yöli bilan ijro etilişi belgilanadi. Tamaraning singlisi Nina Matsibora 15 yil, otasi Anton Maslenko 10 yil va onasi Mariya Maslenko 13 yil qamoq jazosi olişadi.
Tamara sud hukmidan norozi bölib appelyatsiya beradi. Biroq yuqori sud instansiyasi hukmni özgarişsiz qoldiradi. Keyingi sud jarayoni ham yana bir yil çözilgani uçun hukmni ijro etiş keçikib ketadi va Tamarani 1990 yil 6 dekabr kuni otib öldirişadi.
Uning singlisi Nina 15 yil qamoq muddatini töliq ötab, 2002 yilda ozodlikka çiqadi (uning keyingi taqdiri noma’lum). Tamaraning ota-onasi qamoqdaligida vafot etadi.
Tamara va uning oila a’zolari sodir etgan jinoyat yaşiriladi. Jinoyat, sud jarayoni va hukm haqida heç qayerda xabar berilmaydi. Bu jinoiy iş tafsilotlari ham boşqalari kabi SSSR parçalanib ketgandan söng ommaga oşkor böladi.
Ikkinçi jahon uruşidan keyin SSSRda ölim jazosi berilgan uç ayol - Antonina Makarova-Ginzburg, Tamara Ivanyutina va Berta Borodkina
Ma’lumot uçun, SSSRda Ikkinçi jahon uruşidan keyin uç nafar ayol ölim jazosiga hukm qilingan:
Tamara Ivanyutina - qotilliklar uçun;
Berta Borodkina – Gelenjik partiyaning yuqori lavozimli amaldorlari uçun yaşirin fohişaxonalar taşkil etgani va davlatning juda katta pullarini özlaştirgani uçun:
Antonina Makarova-Ginzburg – ikkinçi jahon uruşi paytida nemislarga sotilgani va keyin uzoq yillar davomida familiyasini özgartirib, jazodan qoçib yurgani uçun.