Toşkent şahrida 15 iyul kuni soat 00:00 dan boşlab Buyuk ipak yöli va Temur Malik köçalarining yöl ötkazgiç rekonstruksiya qilinadigan joyga tutaş qismlarida transport harakati töxtatiladi, deya xabar bermoqda poytaxt YHXB matbuot xizmati.

Quyidagi yöllarda quriliş ta’mirlaş işlari olib borilişi sababli transport vositalarining harakati çeklanadi:

  • Temur Malik-Boğişamol köçalari çorrahasidan Temur Malik köçasi böylab, Temur Malik-Sultoniya köçalari çorrahasigaça.
  • Temur Malik-Buyuk ipak yöli köçalari çorrahasidan Buyuk ipak yöli köçasi böylab, Buyuk ipak yöli-Şukur Burxonov köçalari çorrahasigaça.

Yuqoridagi xaritada yopilişning oldini oliş variantlari körsatilgan. Yöllar qaçon oçilişi hozirça ma’lum emas.