Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanining Temur Malik va Buyuk Ipak yöli köçalari kesişmasidagi tunnelning tirgak devori öpirilib tuşişi ortidan ta’mirlaş işlari sababli uşbu köçaning ma’lum qismida avtoulovlar harakati vaqtinça çeklandi.

Poytaxt hokimligi xabar qilişiça, yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş hamda zarur texnik işlarni amalga oşiriş maqsadida Temur Malik köçasining Mirzo Uluğbek köçasi bilan kesişmasidan Sultoniya köçasi kesişmasigaça bölgan qismi barça avtoransport vositalari harakati uçun vaqtinça yopildi.

Şu örinda, Buyuk Ipak yöli köçasi böylab harakatlaniş çeklanmaydi, biroq Buyuk Ipak yöli köçasidan Temur Malik köçasiga tuşiş-çiqiş yöllari vaqtinça yopiladi, deya eslatdi hokimlik.

«Mazkur çeklovlar işlar töliq yakunlangunga qadar amal qiladi. Haydovçilardan yönalişlarni oldindan rejalaştiriş, vaqtinça örnatilgan yöl belgilariga hamda mas’ul xizmatlar xodimlari körsatmalariga qat’iy rioya etiş söraladi», — deyiladi xabarda.

«Toşşahartransxizmat» kompaniyasining ma’lum qilişiça, Temur Malik köçasi orqali harakatlanuvçi avtobus yönalişlari harakatiga ham vaqtinça quyidagiça özgartirişlar kiritiladi:

  • 49-sonli avtobus yönalişining TTZ AŞB tomon harakati T.Malik, Şörtepa-2, Şörtepa, T.Malik köçalari orqali taşkil etiladi;
  • 128-sonli avtobus yönalişining harakati ikki tomonlama T.Malik, Dörmon yöli, Mirzo Uluğbek, T.Malik köçalari orqali taşkil etiladi;
  • 149-sonli avtobus yönalişining harakati ikki tomonlama Mingbuloq, Ş. Burxonov, Mirzo Uluğbek, T.Malik köçalari orqali taşkil etiladi.

Kompaniya, şuningdek, köçalarda transport tirbandliklari ortişi va yöllardagi çeklovlar natijasida yönalişlar harakatiga qöşimça özgartirişlar kiritilişi mumkinligidan ogohlantirdi.

Uşbu özgartirişlar sababli yönalişlardagi avtobuslar oraliq interval vaqti rejadagidan ortişi holatlari yuzaga kelişi ehtimoli mavjud, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uçun, «Buyuk Turon» köprigi («Troitskiy most» ham deyiladi) – Temur Malik köçasini rekonstruksiya qiliş