Haagada bölib ötgan sud majlisida Isroil Ğazo sektoridagi okkupatsiya bilan şuğullanayotgan davlat, deb tan olindi.
Bu haqda BMT Xalqaro sudining okkupatsiya qilingan Falastin hududlarida Isroilning xatti-harakatlari huquqi oqibatlari töğrisida maslahatlaşuv xulosasini e’lon qiliş uçun çaqirilgan sud majlisida e’lon qilindi.
BMT Xalqaro sudi Isroilni Falastin yerlarini okkupatsiya qilişni zudlik bilan bas qilişga çaqirdi.
Xalqaro sudda qayd etilişiça, Falastin yerlari bölaklangan alohida hududlar emas, yagona hududiy birlik hisoblanadi.
Xalqaro sudga köra, Isroil şuningdek Şarqiy Quddus va Ördun daryosining ğarbiy sohilida ham okkupant hisoblanadi.
Qayd etilişiça, Isroil tomonidan okkupatsiya qilingan Falastin yerlaridagi tabiiy resurslardan foydalaniş xalqaro huquqqa zid.
Xalqaro suddagilarga köra, Isroilning okkupatsiya qilingan hududlarda manzilgohlar barpo etiş siyosati Jyeneva konvensiyasi moddalariga zid.
Isroilning özi okkupatsiya qilgan hududlardagi xatti-harakatlari uning uşbu hududlarda doimiy asosda qoliş niyatidan dalolat beradi.
Xalqaro sudda Isroil okkupatsiya qilingan Falastin hududlari ustidan suverenitetga ega emasligiga urğu berildi. Suddagilar barça davlatlar Isroilning okkupatsiya qilingan Falastin hududlarida mavjud bölib turişini tan olmasligi va bu mavjudlikka yordam bermasligi kerakligini ta’kidladi.
Şuningdek, BMT Xalqaro sudi Isroildan okkupatsiya qilingan Falastin yerlarida özining «adolatsiz harakatlari» tufayli yetkazilgan barça zararni qoplab berişni talab qildi.

















