Falastin prezidenti Mahmud Abbos XAMAS yetakçisi Ismoil Haniyaning öldirilişini «qörqoqlik harakati va xavfli voqea rivoji» deb atadi hamda Falastinni birdamlikka çaqirdi.

WAFA Falastin rasmiy axborot agentligi xabariga köra, prezident Abbos Haniyaning öldirilişini keskin qoralagan.

Abbos Falastin xalqini Isroil okkupatsiyasiga qarşi qarşilik körsatişga va birlaşişga çaqirdi. 

Falastin ozodlik taşkiloti ijroiya kengaşi boş kotibi Husayn al-Şayx ham HAMAS siyosiy byurosi rahbarining öldirilişini keskin qoraladi. 

U HAMAS yetakçisining öldirilişini «xavfli keskinlik» deb atadi va Isroil Falastin xalqiga qarşi hujumlarini kuçaytirgan bir paytda birdamlik va qarşilik körsatişga çaqirdi. 

HAMAS va Islom inqilobi muhofizlari korpusining yozma bayonotlarida, Ismoil Haniyaning Isroil armiyasi Tehrondagi mehmonxonaga uyuştirgan hujumi oqibatida halok bölgani bildirildi.