Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevga ikkita zotdor ot sovg‘a qildi

Foto: Telegram/Kadyrov_95
Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tug‘ilgan kuni munosabati bilan ikkita zotdor ot sovg‘a qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanaliga yozib qoldirdi.
«Bugun Grozniyda ‘Ahmatʼ Osiyo jang ligasi prezidenti Nodir Qodirovga ikkita zotdot otni topshirdim. Bu boshqa katta akamiz, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tib ketgan tug‘ilgan kuni uchun sovg‘a. Uning ushbu oliyjanob hayvonlarga muhabbatini bilgan holda, ishonamanki, sovg‘a ma’qul keladi. Otlar yosh bo‘lsada, turli musobaqalarda o‘zini muvafaqqiyatli ko‘rsatgan», — deb yozadi Qodirov.
Shuningdek, Checheniston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqiga o‘z nomidan eng yaxshi tilaklarini yetkazib qo‘yishlarini so‘ragan. U Checheniston Respublikasi mintaqalar o‘rtasidagi qalin birodarlik aloqalari yuzaga kelganini qadrlashi va faxrlanishini, shubhasiz, bunda shaxsan Shavkat Mirziyoyevning xizmati katta ekanini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Rustam Qosimov Checheniston yetakchisiga Shavkat Mirziyoyevning sovg‘asini — Toshkentdagi Mo‘yi Muborak madrasasida saqlanayotgan qadimiy Qur’on qo‘lyozmasining nusxasini topshirgan edi.
2022 yilda esa Ramazon hayiti bayrami arafasida Chechenistonga tashrif buyurgan O‘zbekiston delegatsiyasi Ramzan Qodirovga prezident Shavkat Mirziyoyev nomidan tabrik va «Poi Kalon ansambli»ning oltin va kumushdan yasalgan 3D suratini topshirgandi.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh bir kilogrammlik oltin quymalarga bojlar joriy qildi
Iqtisodiyot | 15:01
-
Nagasaki meri yadro urushi xavfi ortib borayotganidan ogohlantirdi
Jahon | 14:50
-
Putin bilan Alyaskada uchrashadigan Tramp va tinchlik haqida kelishib olgan Yerevan va Boku - kun dayjesti
Jahon | 14:43
-
Kanada Rossiyadan dengizda yetkazilgan neft uchun cheklangan narxni pasaytiradi
Iqtisodiyot | 14:40
Mavzuga oid

20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi

19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

16:30 / 01.10.2024