Turkiya Milliy razvedka taşkiloti (MIT) yetti davlatdan 26 nafar mahbusni almaşiş böyiça operatsiyada vositaçi böldi. Bu haqda TRT Haber telekanali xabar berdi.

Almaşinuvda Rossiya, Belarus, AQŞ, Germaniya, Polşa, Sloveniya va Norvegiya vakillari iştirok etgan.

Operatsiya doirasida Rossiyaga 10 kişi berildi (2 nafari voyaga yetmagan bola). Rossiya esa 13 kişini Germaniyaga, 3 kişini AQŞga topşirildi. Mahbuslar Turkiyaga samolyotlarda yetkazildi.

Rossiya kimlarni oldi?

Foto: AP

Vadim Krasikov - yollanma qotil, Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining «Vimpel» bölimida xizmat qilgan, bir qator buyurtma qotilliklarning ijroçisi bölgan, jumladan 2007 yilda tadbirkor Aleksandr Kozlov, 2015 yilda tadbirkor Albert Nazranov, 2019 yilda Germaniyada çeçen qoçqinlari Zelimxon Xangoşvili va boşqalarni öldirgan. Krasikov Germaniyada hibsga olinib, uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Artyom Dulsev va Anna Dulseva, şuningdek, ularning ikki farzandi. Juftlik Sloveniyada yaşab, özlarini Argentina fuqarolari sifatida körsatişgan. Ular 2022 yil oxirida Lyublyanada Interpol tomonidan hibsga olingan. Ular Rossiya foydasiga josuslik qilganini tan olgan.

Pavel Rubsov – Rossiya Davlat razvedka boşqarmasi agenti. 2022 yil fevralda özini ispan jurnalisti Pablo Gonsales deb taniştirib, Polşada Rossiya foydasiga josuslik qilgan. Polşa tomonidan Ukraina çegarasida hibsga olingan.

Roman Seleznyov – haker, AQŞda kompyuter firibgarligi va şaxsiy ma’lumotlarni öğirlaganlikda ayblanib, 27 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Uning jazosi AQŞ tarixidagi kiberjinoyatlar uçun tayinlangan eng katta jazo edi.

Vladislav Klyuşin