Falastin milliy ma’muriyati (FMM) rahbari Mahmud Abbos Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar çoğida xalqaro hamjamiyatni Falastin muammosi böyiça xalqaro tinçlik konferensiyasi ötkazişga çaqirdi, deb xabar qildi Falastinning WAFA axborot agentligi 13 avgust, seşanba kuni. Abbosning sözlariga köra, bunday konferensiyadan maqsad falastinliklarga xalqaro hamjamiyat «ikki xalq uçun ikki davlat» tamoyilini amalga oşiriş imkoniyatiga jiddiy qaraşiga umid berişdir.
Dunyo davlatlari Isroilni xalqaro huquqni hurmat qilişga va Xalqaro sud qarorlarini bajarişga undaşlari kerak, dedi FMM rahbari. U Falastinning Ğazo sektorida zudlik bilan öt oçişni töxtatiş, Isroil qöşinlarini mintaqadan töliq olib çiqib ketiş, Iordan daryosi Ğarbiy sohilidagi köçmançilar hujumlari hamda Quddusdagi musulmonlar va nasroniylarning muqaddas qadamjolarini buzişni töxtatiş talablarini yana bir bor takrorladi.
Putin: Rossiyaning Falastin davlati zarurligi haqidagi pozitsiyasi özgarişsiz qolmoqda
Putin Mahmud Abbos bilan Moskvada bölib ötgan uçraşuvda Rossiya har doim Falastin-Isroil mojarosini tinç yöl bilan hal etiş tarafdori bölganini va bu boradagi Rossiya pozitsiyasi «özgarişsiz» ekanini ta’kidladi. «Bu uzoq vaqt oldin işlab çiqilgan. Biz mintaqada uzoq muddatli, işonçli, barqaror tinçlikni ta’minlaş uçun BMTning barça qarorlarini amalga oşiriş va birinçi navbatda, barqarorlikni ta’minlaş zarur deb hisoblaymiz», - deya Kreml uning sözlaridan iqtibos keltiradi.
Yaqin Şarqdagi keskinlaşuv
7 oktyabr kuni ertalab Hamasning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
Hamasning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida Hamasga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri deyarli 40 ming falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.














