"Orient Group Management" MÇJ va "Özbek-Ummon investitsiya kompaniyasi" MÇJ QKga nisbatan iş qözğatilib, moliyaviy jarima qöllaş yuzasidan qaror qabul qilindi. Bu haqda Raqobat qömitasi axborot xizmati xabar berdi.

"Raqobat töğrisida"gi qonunning 26-moddasiga köra, asosan iqtisodiy konsentratsiya hisoblangan bitim (harakat) tomonlarining biri aktivlarining balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilişdan olingan tuşumi BHMning 250 ming baravari miqdoridan ortiq yoxud ularning aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilişdan olingan jami tuşumi BHMning 500 ming baravari miqdoridan ortiq bölgan şaxslar yoki şaxslar guruhi Özbekistonda röyxatga olingan MÇJning uluşlarining uçdan bir qismidan ortiğini tasarruf etiş huquqini olganda, monopoliyaga qarşi organning oldindan roziligini olişi kerak.

Ma’lum bölişiça, "Orient Group Management" MÇJ joriy yilning 16 may sanasida "Highway Logistics Center" MÇJning ustav fondini köpaytiriş orqali uning 45 foiz uluşiga egalik qila boşlagan, lekin bunda monopoliyaga qarşi organning oldindan roziligini olmagan.

Holat yuzasidan qömitaning maxsus komissiyasi tomonidan "Orient Group Management" MÇJga nisbatan iş qözğatilib, "Raqobat töğrisida"gi qonunning 26-moddasi talablari buzilgan deb topildi va moliyaviy jarima qöllaş yuzasidan qaror qabul qilindi.

Qayd etilişiça, maxsus komissiyaning qarori ustidan "Orient Group Management" MÇJ sudga da’vo ariza bilan murojaat qilgan.

Bundan taşqari, "Özbek-Ummon investitsiya kompaniyasi" MÇJ QK tomonidan joriy yilning 23 iyul sanasida monopoliyaga qarşi organning oldindan roziligi olinmasdan aynan yana "Highway Logistics Center" MÇJning ustav fondidan 45 foiz uluş olingani holati aniqlandi.

Natijada, bu holatda ham qömitaning Maxsus komissiyasi tomonidan "Özbek-Ummon investitsiya kompaniyasi" MÇJ QKga nisbatan iş qözğatilib, "Raqobat töğrisida"gi qonunning 26-moddasi talablari buzilgan deb topildi va moliyaviy jarima qöllaş yuzasidan qaror qabul qilindi.