Falastin milliy ma’muriyati (FMM) rahbari Mahmud Abbos Ğazo sektorida davom etayotgan uruş bilan boğliq xavf-xatarlarga qaramay, unga taşrif buyuriş niyatida. Bu haqda u 15 avgust, payşanba kuni Turkiya parlamentining navbatdan taşqari yiğilişida sözlagan nutqida ma’lum qildi. 

«Bu borada boşqa ilojimiz qolmadi, men va Falastin ma’muriyatining barça a’zolari Ğazoga borişga qaror qildik va biz buni amalga oşiramiz», - deya ta’kidlagan Abbos. «Bizning hayotimiz Ğazo sektoridagi heç bir bolaning hayotidan qimmatli emas», - dedi u. 

88 yoşli FMM rahbari 45 daqiqalik nutqida Falastin huquqlarini qöllab-quvvatlagani va insonparvarlik yordami körsatgani uçun Turkiya va turk xalqiga minnatdorçilik bildirdi hamda Isroilni Ğazo sektoridagi «genotsid» uçun qoraladi. U Falastin xalqining öz yerlari uçun kuraşda sobitqadamligini ta’kidladi. «Falastinliklar öz huquqlarini himoya qilişda davom etadilar va öz yerlarini taşlab ketmaydilar», - dedi u. 

Abbos Anqaraga 14 avgust kuni Moskvaga taşrifining ertasiga yetib keldi. FMM rahbari 13 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar çoğida xalqaro hamjamiyatni Falastin masalasi böyiça tinçlik konferensiyasi ötkazişga çaqirdi. Uning sözlariga köra, bu falastinliklarda xalqaro hamjamiyat «ikki xalq uçun ikki davlat» tamoyilini amalga oşiriş imkoniyatiga jiddiy yondaşişiga umid uyğotişi kerak. 

Yaqin Şarqdagi keskinlaşuv

7 oktyabr kuni ertalab Hamasning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
 
Hamasning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida Hamasga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 40 mingdan ortiq falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.