Rossiyaning Kamçatka yarimorolida uyğongan Şiveluç vulqonining kuli dengiz sathidan 8 kilometr balandlikka qadar kötarildi. Bu haqda Fanlar akademiyasi Uzoq Şarq vulqonşunoslik va seysmologiya instituti xabar berdi.

Qayd etilişiça, vulqondan otilgan kullar janubi-şarqiy yönalişda 492 kilometrga çözilgan, aviaxavfning «qizil kod» darajasi e’lon qilingan (bu vulqondan atmosferaga köp miqdorda kul çiqayotganini bildiradi). «Vulqon faolligi mahalliy va xalqaro aviataşuvlar uçun xavf tuğdiradi», — deyiladi institut xabarida.

Şiveluç — Kamçatkadagi eng şimoliy faol vulqon bölib, Ust-Kamçatskiy tumanidagi Klyuçi qişloğidan 45 kilometr uzoqlikda joylaşgan. U yerda 5 mingga yaqin aholi yaşaydi. Tuman rahbari Oleg Bondarenkoning ma’lum qilişiça, Ust-Kamçatskiyda «1 millimetr qalinlikda kul tuşişi kuzatilgan» va u aholiga köçaga çiqqanda himoya vositalaridan foydalanişni tavsiya qildi.

Vulqon Kamçatkada 7 magnitudali zilzila sodir bölganidan keyin harakatga kelgan. Yer osti silkinişining episentri Petropavlovsk-Kamçatkadan 108 kilometr janubi-şarqda, Tinç okeani hududida joylaşgan. «Şaharning özida 6 balli yer osti silkinişlari kuzatildi», — deydi gubernator Vladimir Solodov.