Falastin prezidenti Mahmud Abbosning aytişiça, Ğazo sektoriga taşrif buyuriş qaroridan maqsad Isroil hujumlarini töxtatiş va Isroil qöşinlarini Falastin yerlaridan olib çiqib ketilişiga erişişdir. Bu haqda Anadolu yozdi.

Falastinning WAFA axborot agentligi xabariga köra, davlat rahbari Falastin Ozodlik Taşkiloti (FOT) ijroqömitasi yiğilişida uşbu eksklavga bölajak taşrifi sabablarini tuşuntirgan.

Abbosning ta’kidlaşiça, aynan Falastin davlati va FOT butun Falastin hududini, jumladan, bosib olingan Ğarbiy Sohil, Quddus va Ğazo sektorini yagona geografik siyosiy birlik sifatida boşqariş vakolatiga ega. FOT falastin xalqining yagona qonuniy vakili, dedi Abbos.

Yiğilişda Ijroqömitasi mintaqaviy va xalqaro siyosiy harakatlar hamda Abbosning öz murojaatida bildirganlarini amalga oşiriş uçun arab va islom dunyosini safarbar qiliş böyiça qadamlarni kuzatişda davom etişi qayd etildi.

Ijroqömitasi zudlik bilan Falastin hududlariga qaytiş va ularni qayta tiklaş böyiça harakatlar rejasini işlab çiqiş uçun xalqaro donor taşkilotlar va taşkilotlar bilan muvofiqlaştiriş böyiça iş olib boruvçi Falastin guruhlari komissiyasini tuzişi ta’kidlandi.

Şuningdek, ijroqömitasi Falastin davlatining BMT tölaqonli a’zosi bölişini ta’minlaş uçun ham amaliy çoralar köradi, deyiladi xabarda.

Abbos 15 avgust kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisida (parlament) sözlagan nutqida Falastin ma’muriyatining barça a’zolari bilan birga Ğazo sektoriga boriş niyati borligini ma’lum qilgan edi.

«Bizda boşqa yeçim qolmadi. Şu munosabat bilan men va Falastin ma’muriyatining barça a’zolari Ğazoga borişga qaror qildik va biz buni amalga oşiramiz», dedi Abbos.