Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi tomonidan “Öztemiryölyölovçi” AJ va “Şahar atrofida yölovçi taşiş” MÇJ faoliyati “Raqobat töğrisida”gi hamda “Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonun hujjatlariga asosan örganib çiqildi.

Örganişlarda bu ikki taşkilot iste’molçilardan ortiqça tölovlar undirgani ma’lum böldi. Bu haqda qömita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bölişiça, “Öztemiryölyölovçi” AJ Farğona filiali (bölinmasi) tomonidan temiryöl vokzali (stansiyalari) böylab 2023 yil davomida 606 380 ta sotilgan çiptalardan vositaçilik yiğim qiymati böyiça 660 mln sömga yaqin, “Şahar atrofida yölovçi taşiş” MÇJ Farğona filiali tomonidan temiryöl vokzali (stansiyalari) böylab 2024 yilning 1 yanvaridan 24 iyul kunigaça 185 806 ta sotilgan çiptalardan vositaçilik yiğim qiymati böyiça 560 mln sömga yaqin, umumiy hisobda jami 792 186 nafar iste’molçilardan 1.3 mlrd sömga yaqin ortiqça haq undirilgan.

“Yuqoridagilarga asosan, örganiş natijasida qömita maxsus komissiyasi tomonidan “Öztemiryölyölovçi” AJga va “Şahar atrofida yölovçi taşiş” MÇJga şaharlararo va şahar atrofida yölovçi taşiş böyiça Farğona filiali tomonidan ortiqça undirilgan tölovlarni iste’molçilarga qaytarişi yuzasidan körsatma berilib, moliyaviy jarima qöllandi. Şuningdek, qonunbuziliş holatlarini bartaraf etiş va kelgusida yöl qöymaslik yuzasidan bajarilişi majburiy bölgan körsatmalar berildi”, - deyiladi qömita xabarida.

Rasmiy xabarda maxsus komissiyaning uşbu qaroridan norozi bölgan tomon qömitaning Apellyatsiya kengaşiga yoki sudga murojaat qiliş huquqiga egaligi eslatilgan.

Avvalroq, Raqobat qömitasi Orient Group Management va Özbek-Ummon investitsiya kompaniyasiga nisbatan iş qözğatgandi. Bu kompaniyalar Highway logistika markazining 45 foizdan uluşi egasiga aylanişda Raqobat qömitasining oldindan roziligini olmagani uçun jarimaga tortilgan.

Eslatib ötamiz, qömita reklama qonunçiligi yuzasidan telekanallarga körsatma xati yuborgan. Bunga oxirgi vaqtlarda ommaviy axborot vositalari orqali reklamalarni tarqatişda qonunçilik talablarining buziliş holatlari sabab bölgan.