Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 22-23 avgust kunlari davlat taşrifi bilan Özbekistonda böladi.
Taşrif dasturiga muvofiq, Toşkent şahrida Özbekiston va Ozarboyjon yetakçilari raisligida oliy darajadagi muzokaralar va Davlatlararo oliy kengaşning birinçi majlisi ötkazilişi rejalaştirilgan.
Sammit kun tartibidan Özbekiston-Ozarboyjon strategik şeriklik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada çuqurlaştiriş va kengaytiriş masalalari örin olgan.
Özaro tovar ayirboşlaşni köpaytiriş, kooperatsiya loyihalarining yangi portfelini şakllantiriş, işbilarmonlik aloqalarini, şu jumladan hududlararo almaşinuvni rivojlantiriş, transport-kommunikatsiya salohiyatini röyobga çiqariş, madaniy-gumanitar aloqalarni faollaştiriş va boşqa masalalar diqqat markazida böladi.
Prezidentlar ikki mamlakat biznesi vakillari bilan uçraşuv ötkazişi, qator işbilarmonlik va madaniy tadbirlarda iştirok etişi ham közda tutilgan.

















