21 avgust, çorşanba kuni Ukraina harbiylari Bryansk viloyatining Klimov tumani hududiga kirişga muvaffaqiyatsiz urindi. Bu haqda mintaqa gubernatori Aleksandr Bogomaz özining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, jang davomida Ukrainaning diversiya-razvedka guruhi öqqa tutilgan, ayni damda töqnaşuv joyida vaziyat barqarorlaşgan. 

Mash va Shot Telegram-kanallari Ukraina qurolli kuçlari (UQK)ning «200 ga yaqin jangçisi» rossiyalik çegaraçilar bilan yarim soatlik jangda «jiddiy yöqotişlar»ga uçragan Bryansk viloyati çegarasini kesib ötişga uringanini da’vo qilmoqda. Çegarani yorib ötişga urinişda, Mash naşriga köra, Ukraina tomoni uçta piyoda jangovar maşinasi va BREN-2 ğarb avtomatlaridan foydalangan. 

Ukraina qurolli kuçlarining Kursk viloyatidagi hujumi fonida 9 avgustdan qöşni Bryansk va Belgorod viloyatlarida aksilterror operatsiyasi rejimi amal qilmoqda. 

Ukrain tomoni hozirça Ukraina qurolli kuçlarining Bryansk viloyatidagi harakatlariga rasman izoh bermadi. Şu bilan birga, mudofaa vaziri Rustem Umerov 21 avgust kuni Kiyevga kelgan AQŞ Kongressi vakillaridan iborat delegatsiya bilan muzokaralar yakunlari böyiça özining Telegram-kanalida «çegara hududlarini Rossiya harbiy tahdidlaridan tozalaş» Sumi viloyati hududlariga tutaş hududlarda Ukraina harbiylari maqsadlaridan biri ekanini yozdi.