Britaniyada Endryu Pauell ismli 57 yoşli erkak arilar tödasi hujumi oqibatida halok bölişiga bir baxya qoldi. Arilar uni 240 marotaba çaqqan, deb xabar beradi  Sky News.

Qayd etilişiça, uşbu holat erkak velosipedda sayr qilib, uyiga qaytayotganida sodir bölgan. Kutilmaganda unga arilar hujum qilgan. Uning aytişiça, bir neça soniya içida haşarotlar uning boşidan oyoğigaça çaqib taşlagan. Sarosimaga tuşib qolgan Endryu uyiga kirib, arilarni vannadagi suv bilan yuvib taşlaşga uringan, ammo haşarotlar şu qadar köpligidan xona ularga tölib qolgan.

Pauell bir amallab döstiga qönğiroq qilişga muvaffaq bölgan, u esa zudlik bilan tez yordamga murojaat qilgan. Erkak aynan şu sabab omon qolganini ta’kidlagan. Agar öz vaqtida tibbiy yordam körsatilmaganida u şifoxonaga ham yetib bora olmas edi, çunki Endryu yöl-yölakay bir neça bor huşini yöqotgan.

Erkakka köra, hujumga şu yaqin atrofda ari uyasi vayron qilingani sabab bölgan bölişi mumkin.

Naşrning yozişiça, agar biror odamning atrofida ari aylanib qolgan bölsa, eng muhimi — undan qoçmaslik lozim. Qimirlamasdan turişga harakat qiliş yoki, aksinça, zudlik bilan bu joydan qoçiş kerak. 

Avvalroq Irlandiyada haşarot (uning turi körsatilmagan) çaqişi oqibatida keksa ayolning oyoği kesib taşlangan edi. 69 yoşli ayol uyğonganida boldirlarida bir neçta kiçik yaralarni körgan va ular öz-özidan bitib ketadi deb öylagan. Ammo bu sodir bölmagan. Yaralarga bir neça hafta içida infeksiya tuşib, oyoqlar yiringlab ketgan va ular şifokorlar tomonidan kesib taşlangan.