«Taşabbusli budjet»ning 2024 yilgi 2-mavsumida ovoz yiğişga majburlaş holatlari yuzasidan 39 ta şikoyat tuşdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumot berdi.

«Ovoz beriş bosqiçi davomida fuqarolar tomonidan bugungi kunga qadar «1282» işonç raqamiga ovoz yiğişga majburlaş holatlari böyiça jami 39 ta şikoyat kelib tuşdi», deyiladi xabarda.

Qayd qilinişiça, eng köp şikoyat Farğona viloyatida (7 ta) tuşgan. Şuningdek, Toşkent şahrida 6 ta, Namangan va Jizzax viloyatlarida 5 tadan şikoyat tuşgan.

Eng köp şikoyat umumta’lim maktablari (19 ta) va tibbiyot taşkilotlari böyiça (16 ta) qayd etilgan.

Vazirlikning eslatişiça, barça murojaatlar tegişli tuman (şahar) Xalq deputatlari Kengaşlariga yuboriladi hamda holat öz tasdiğini topsa, mazkur loyihalar ovoz beriş bosqiçidan çetlatiladi yoki ğoliblar röyxatidan çiqarilişi mumkin.

«Taşabbusli budjet» loyihasining 2024 yil 2-mavsumidagi loyihalarga ovoz beriş jarayoni 22 avgustda boşlandi va 31 avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi. Loyihalar uçun 2 trln sömdan ortiq mablağ yönaltiriladi.