Rossiyaning Nijyegorodsk viloyatida özbekistonliklar ketayotgan mikroavtobus halokatga uçragan. Nijyegorodsk viloyati politsiyasining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 1 sentabr kuni sodir bölgan.
Ma’lum bölişiça, 32 yoşli tojikistonlik haydovçi Hyundai mikroavtobusining boşqaruvini yöqotgan. Şundan söng mikroavtobus tösiqqa urilib, ağdarilib ketgan.
Oqibatda uning içida bölgan 11 nafar özbekistonliklarning 8 nafari halok bölgan. Haydovçi va yana 3 nafar özbekistonlik tan jarohatlari olgan. Xabarda haydovçi va yölovçilarning ism-şariflari oşkor qilinmagan.
Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 264-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, 2024 yil 11 yanvar kuni ham Rossiyaning Penza oblastida içida Özbekiston fuqarolari bölgan JAC miniveni qarama-qarşi yönalişga çiqib ketib, Volvo rusumli yuk maşinasiga urilgandi. YTH oqibatida minivendagi yetti kişi, jumladan haydovçi voqea joyida halok bölgan, şifoxonada yana bir kişining joni uzilgandi. Jarohatlangan yana bir kişi şifoxonada qolmoqda. Qurbonlarning jasadlari ötgan haftaning şanba kuni Özbekiston mudofaa vazirligi harbiy-transport samolyoti orqali vatanga qaytarilgandi.
Şuningdek, 2024 yil 16 yanvar kuni Samara viloyatida içida 7 nafar özbekistonliklar bölgan Lada Largus va «Gazel» yuk maşinasi örtasida yöl-transport hodisasi röy bergandi. YTH oqibatida Largus yölovçilari bölgan uç kişi halok bölib, yana tört nafari şifoxonaga yotqizilgandi.

















