Prezident Şavkat Mirziyoyev 4 sentabr kuni maktabgaça ta’limni rivojlantiriş, iqtidorli yoşlar bilan işlaş tizimini takomillaştiriş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Taqdimotda maktabgaça ta’lim sifati va samaradorligini oşirişga qaratilgan takliflar körib çiqildi. Jumladan, qamrovni kengaytiriş maqsadida maktablarning böş yerlarida davlat-xususiy şeriklik asosida boğça qurişga ruxsat beriş közda tutilmoqda.

Davlat dasturi asosida işlab çiqilgan öquv-metodik materiallar hamma boğçalarda ham töliq emas. Nodavlat muassasalar internet manbalaridan foydalanmoqda. Şuning uçun endi barça dasturlar Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining veb-saytida joylaştirilişi hamda undan bepul foydalanilişi belgilanmoqda.

Ilğor xorijiy tajribada bolalarning aqliy va kognitiv salohiyati, jismoniy, ruhiy, ijtimoiy holati doimiy kuzatilib, tarbiya yönaltiriladi. Şundan kelib çiqib, Maktabgaça ta’limni boşqariş axborot tizimida «Bolaning rivojlaniş xaritasi»ni yuritiş vazifasi qöyilmoqda.

Boğçalardagi pedagoglarning katta qismi örta maxsus ma’lumotli. Sohada malaka oşirişning hozirgi muddati beş yilda bir marta. Bu jarayonni jadallaştiriş maqsadida malaka kurslari oraliğida «Metodik mahorat soati» va «Metodik mahorat kuni» tadbirlarini ötkaziş möljallanmoqda. Şuningdek, bu yönalişdagi oliy ta’limda dual ta’lim şaklini oçiş, sirtqi va keçki öquvlarda maqsadli kvotalarni oşiriş taklif etilmoqda.

Davlat boğçalarida davomat, oziq-ovqat xarajatlari qoğoz şaklida töldirilmoqda. Endi biometrik identifikatsiya qiliş texnologiyasini qöllagan holda hisobotlarni raqamlaştiriş talabi qöyiladi.

Taqdimotda iqtidorli yoşlar bilan işlaşni takomillaştiriş çora-tadbirlari ham muhokama qilindi. Jumladan, xalqaro fan olimpiadalari iştirokçilarini 5-8-sinflardan boşlab saralab oliş yölga qöyiladi.

Har bir fan böyiça öquv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalarva qöllanmalar takomillaştirilib, öquvçi va murabbiylarga yetkaziladi. Terma jamoalarga çet ellik mutaxassislar jalb qilinadi, xorijiy jamoalar bilan qöşma yiğinlar ötkaziladi.

Bugungi kunda 22 ta xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadasida ğolib bölgan öquvçilar pul mukofoti bilan taqdirlanmoqda. Endi mukofotlanadigan olimpiadalar soni 28 taga oşiriladi. Respublika va xalqaro olimpiadalarda ğolib bölgan öquvçilar, ularning öqituvçilari va terma jamoa rahbarlariga tölanadigan pul mukofotlari hamda sovğalar daromad soliğidan ozod etiladi.