Ijtimoiy tarmoqlarda Qöşrabot tumani hokimi Dilşod Şakarboyevning öz xodimlarini haqorat qilgan audioyozuvi tarqaldi. Holatga viloyat hokimligi rasmiy munosabat bildirib, hokimga intizomiy jazo qöllanganini ma’lum qildi.
«Mazkur holatga viloyat hokimligining tegişli mas’ullari tomonidan aniqlik kiritildi. Samarqand viloyati hokimining tegişli farmoyişi bilan Qöşrabot tumani hokimi Şakarboyev Dilşod Davronoviçga nisbatan hayfsan intizomiy jazo çorasi qöllandi», deyiladi viloyat hokimligi munosabatida.
Audioyozuvda tuman hokimi quriliş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça örinbosarlarini turli haqoratli sözlar bilan sökkanini eşitiş mumkin. Jumladan, Şakarboyev 400 mln sömga bitta mahalla töliq bitişi, buni Mahalla uyuşmasidagilar ham tasdiqlaganini aytgan va quriliş masalalari böyiça örinbosarini haqoratlagan.
«Ertalab hammasini olib bor, ey noinsof b...t, hammasini olib bor öşa yerga! Faqat men aytgan odamni topib oldi bular, özing top deyapman bitta quruvçi, ey noinsof, quriliş böyiça örinbosar-ku sen», degan hokim.
Şuningdek, u kambağallik böyiça örinbosarini «eşak» degan hamda uyatsiz sözlar bilan haqoratlagan.
Ma’lumot uçun, Dilşod Şakarboyev 2022 yil iyun oyidan buyon Qöşrabot tumaniga hokimlik qiladi. Bungaça u Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş boş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

















