Parijdagi Paralimpiya öyinlarida iştirok etgan Özbekiston delegatsiyasi 9 sentabr kuni keçqurun Toşkent aeroportida kutib olindi. 

Milliy olimpiya qömitasi binosida Paralimpiadada ğolib va sovrindor bölgan sportçilar uçun 10 ta Tahoe (çempionlarga) hamda 16 ta BYD Song Plus Champion (kumuş va bronza medali sohiblariga) avtomobillari sovğa qilindi.

Oltin medal sohiblariga:

— 200 ming AQŞ dollari;
— Tahoe avtomobili;
— 2 qavatli kottej.

Kumuş medal sohiblariga:

— 100 ming AQŞ dollari;
— BYD Song Plus EV Champion avtomobili;
— kvartira.

Bronza medali sohiblariga:

— 50 ming AQŞ dollari;
— BYD Song Plus DM-i Champion avtomobili;
— kvartira.

Paralimpiya öyinlarida Özbekiston 10 ta oltin, 9 ta kumuş va 7 ta bronza medalini (jami 26 ta) qölga kiritib, medallar jadvalida 13-örindan joy oldi, Osiyoda esa Xitoy va Yaponiyadan keyin uçinçi böldi. Bu — mamlakat tarixidagi eng yaxşi natija. Tokio-2020 paralimpiya öyinlarida Özbekiston vakillari 8 ta oltin, 5 ta kumuş, 6 bronza (jami 19 ta) qölga kiritib, umumiy reytingda 16-örinni egallagandi.

Ğolib va sovrindorlar röyxati:

Oltin

  1. Asila Mirzayorova (uzunlikka sakraş)