Samarqand şahridagi köpqavatli uylardan biridagi xonadonda gaz portladi.

Viloyat FVB axborotiga köra, voqea 9 sentabr kuni soat taxminan 17:30 larda, şaharning Beruniy köçasi 86-uy 3-qavatidagi xonadonlardan birida röy bergan.

Oqibatda ikki kişi jarohatlanib, şifoxonaga yotqizilgan.

“Çaqnaş oqibatida yonğin sodir bölmagan. Voqea joyiga viloyat va şahar FVB rahbariyati hamda yonğin-qutqaruv ekipajlari, IIB, Prokuratura, “Hududgazta’minot” va SSB xodimlari çiqişgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi suriştiruv işlari olib borilmoqda. Qöşimça ma’lumot taqdim etiladi”, – deyiladi rasmiy xabarda.