Tuman hokimlari, sektor rahbarlari kambağal oilalar xonadoniga kirib, bu yerdagi şaroitni öz közi bilan körsagina natija böladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev videoselektor yiğilişida aytib ötdi.
“Odamlarga qança yordam bermaylik, mahallalar şaroitini yaxşilamasak, kambağallik qisqarmaydi”, – dedi prezident.
Şu bois, kelgusi yilda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirişga barça manbalardan 1,6 mlrd dollar ajratiladi.
Bu mablağlarning 1,2 trillion sömi, avvalo, eng oğir 300 ta mahallada suv nasoslari va quyoş panellari örnatişga beriladi. Yana 2 trillion söm hisobidan eng oğir 500 ta mahallada elektr, yöl, internet va boşqa infratuzilma masalalari hal etiladi.
Bu işlarni amalga oşiriş uçun vazirlar, örinbosarlari va maslahatçilari, boşqarma boşliqlaridan iborat 250 nafar rahbarga eng oğir mingta mahalla boğlab beriladi.
Şuningdek, viloyatdagi 2 ming va tumandagi 12 ming nafar rahbarning har biriga 5 tadan şaroiti eng oğir oila biriktiriladi.

















