Prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida kambağallik qisqartiriş borasidagi işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş yuzasidan selektor bölib ötmoqda.
Prezident topşiriğiga köra, mutasaddilar masalani içiga çuqurroq kirdi, eng oğir mahalladagi noçor oilalarga borib, nimaga köproq e’tibor beriş kerakligini örgandi.
Bu masalada savdo, servis, töqimaçilik, tibbiyot, ovqatlaniş, quriliş, kasanaçilik, elektrotexnika, transport sohasi tadbirkorlari bilan aniq muhokamalar ötkazildi.
Örganişlar kambağallikni faqat pul tarqatiş bilan hal qilib bölmasligini körsatmoqda.
Hozirda 3-5 million sömgaça oylik beraman degan korxonalarda 250 mingta böş iş örni bor. Lekin, kambağal oilani 35 foiz işga layoqatli a’zolarida bilim va könikma kam.
Bola parvarişi bilan band bölgani uçun işlaş xohişi bölgan ayollarning 43 foizi işga bora olmayapti.
Kambağal oilalarning 83 foizida katta tomorqa bor. Lekin, ularning 62 foizida – suv, 48 foizida – elektr muammosi bor, yana 50 foizi markazdagi bozorga borişga qiynalmoqda.
Davlat rahbari kambağallikka tuşiş sabablari har xil ekan, yeçimi ham alohida-alohida bölişi kerakligini körsatib ötdi.
Hozirda kambağallikni qisqartiriş böyiça keyingi yillar uçun juda katta “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturi tayyorlanayotgani ma’lum qilindi.
Unda yettita imkoniyat va mas’uliyat tamoyili asosida Özbekistonning navbatdagi yangi yondaşuvlari belgilab beriladi.
Bundan buyon kambağallikni qisqartiriş umummilliy harakatga aylanadi.
Mutasaddilarga har bir mahallani töliq xatlovdan ötkazib, ulardagi “kambağal oilalar portreti”ni işlab çiqiş topşirildi. Kambağal oila böyiça individual dastur böladi, har bir vazirlikning aniq vazifasi körsatiladi.
Iqtisodiy kompleks – Jamşid Qöçqorov tizimi oilalarni kambağallikdan olib çiqiş bilan şuğullansa, ijtimoiy himoya – Mansurbek Olloyorov tizimi kimni reyestrga kiritiş, qaysi oilani undan çiqarişga javob berişi belgilandi.

















