Toşkent şahrida yaşovçi şaxs yöl harakati qoidalarini 363 marta buzib, 240,8 mln söm qarz bölgani uçun unga tegişli Spark xatlovga olingan. Bu haqda MIB Toşkent şahar bölimi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, Majburiy ijro byurosining Çilonzor tuman bölimi iş yurituvida IIBB YHXBning qarorlariga asosan, qarzdor A.K.ga nisbatan 363 ijro hujjati böyiça 240 mln 872 ming söm jarimalarni undiriş belgilangan.
Qarzdor katta miqdordagi jarimalar borligini bilsa ham jarimalarni tölaşdan boş tortib yurgan. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning nomida bölgan Spark maşinasiga qidiruv e’lon qilingan.
Şundan söng, ijro harakatlari davomida, Spark qarzdor tomonidan Sergeli tumanidagi bozorga sotiş uçun olib çiqilgani aniqlanib, maşina xolislar iştirokida xatlangan.
Hozirda, Spark'ni 363 ta jarimadan bölgan 240,8 mln sömlik qarzdorlikni qoplaş uçun auksion savdolariga çiqariş çoralari körilmoqda.

















