Muzokaralar davomida Gilan Trading Kft kompaniyasi quritilgan meva va sabzavotlarni qayta işlaş va sotiş borasida nafaqat Vengriya, balki Yevropa bozorlarida ham yetakçi ekani ma’lum qilindi.

Umar Şarxon mamlakatda quritilgan meva va sabzavotlarni eksport qiluvçi korxonalarga qayta işlaş va qadoqlaş jarayonlarini sifatli amalga oşirişda öz maslahatlarini berişga hamda Özbekistonning Yevropa bozoriga kirişi uçun hab vazifasini bajarişga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Kompaniyaning jamoatçilik bilan aloqalar böyiça menejeri Piter Deminger öz intervyusida Yevropa bozorlariga quritilgan mevalarni yetkazib berişda Özbekiston bilan hamkorlikni kengaytirişga katta ahamiyat qaratişini ta’kidladi:

– Mamlakatingiz bilan hamkorlik böyiça ma’lum tajribaga egamiz. Biroq bugungi kunda Özbekistondan sotib olayotgan mahsulotlarimiz yetarli darajada emas. Biz ularni kengaytirişga tayyormiz. Özbekiston qişloq xöjaligi mevalarining markaziga aylanişdan manfaatdormiz. Kompaniyamiz Lidl, Aldi, Spar, Metro va boşqalar kabi Yevropaning eng yirik tarmoqlariga quritilgan mevalarning asosiy yetkazib beruvçilaridan biri hisoblanadi. Özbekiston elçisi bilan mamlakatingizdan quritilgan mevalar yetkazib berişni köpaytiriş böyiça çora-tadbirlarni atrofliça muhokama qildik.