Bir yil davomida yana 50 ming gektar yerni 100 mingta kambağal oilaga bölib beriş rejalaştirilgan. Bu haqda kambağallikni qisqartiriş böyiça prezident selektorida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanişiça, bu yerlarda “kompaniya – kooperativ – dehqon xöjaligi” tamoyili asosida dehqonçilik va boğdorçilik taşkil etiladi.

Bunda, yerdan uç xil daromad olinadigan yangi tizim yaratiladi:

  • qişloq xöjaligi mahsuloti yetiştiruvçi va eksport qiluvçi katta kompaniya kambağal oilalardan yerni ikkilamçi ijaraga oladi;
  • yoki yer egalari uluşdor sifatida kooperatsiyaga birlaşib, kompaniyalardan buyurtma oladi va topilgan daromad ular örtasida taqsimlanadi;
  • har ikki holatda ham uşbu aholi yerda özi mahsulot yetiştirib, buning uçun oylik oladi.

“Ya’ni, kambağal oila öziga berilgan yerdan yanada samarali foydalanib, oylik oliş bilan birga, ijara yoki dividenddan daromad köradi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Mutasaddilarga viloyat hokimlari bilan birgalikda bu orqali kamida 200 ming aholini band qiliş topşirildi.

Yiğilişda aytilişiça, umumiy ovqatlaniş sohasiga berilgan yengilliklarga javoban sohadagi yirik brendlar qisqa muddatda Samarqand, Andijon va poytaxtda 2 ming odamga iş bergan.

Ikki yil avval umumiy ovqatlaniş sohasi tadbirkorlariga ijtimoiy soliqdan imtiyoz berilgan edi. Tadbirkorlarga şu imtiyoz yana 2 yilga uzaytirib berilsa, ular 150 ming ehtiyojmand aholini iş bilan ta’minlaşga tayyor.

Ayrim korxonalar koll-markaz taşkil qilib, hozirni özida 2 ming nafar nogironligi bölgan aholiga kompyuter va telefon olib beriş orqali ularni uyini özida iş bilan ta’minlamoqçi.

Xizmatlar sohasidagi tadbirkorlar kambağal aholini işli qilaman desa, imtiyoz muddatini yana uzaytiriş mumkinligi ta’kidlandi.

Hozir sanoatda eng köp iş örni yaratadigan soha – töqimaçilik.

Tadbirkorlar 2 yil avval tayyor trikotaj, böyalgan mato va gazlama korxonalariga ijtimoiy soliqdan berilgan imtiyozni uzaytirib berişni söramoqda.