Qayta qo‘lga tushayotgan korrupsionerlar, sudda da’vosi qanoatlantirilgan Botir Qodirov, yangi qurilishlar bilan tanishgan prezident — kun davomida Kun.uz’da yoritilgan O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishtiramiz.

556 nafar korrupsioner qilmishini takrorlagan

O‘zbekistonda korrupsion jinoyatlarni sodir etgan 566 nafar shaxs 2023 yilda davlat xizmatiga qayta qabul qilingan va yana korrupsiyaga qo‘l urgan. 

Bu haqda deputat Umida Rahmonova Qonunchilik palatasining 10 sentabr kungi yig‘ilishida ma’lum qildi. Rahmonova korrupsion jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq reyestri haligacha tashkil etilmaganining oqibati ekanini ta’kidlagan.

Korrupsionerlarning ochiq elektron reyestrini yuritish 2021 yil 6 iyuldagi prezident farmonida belgilangan edi. Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 oktyabrgacha tegishli qonun loyihasi Prezident administratsiyasiga kiritilishi kerak edi.

Akmal Burhonovga ko‘ra, dastlabki qonun loyihasi 2022 yil boshida ishlab chiqilib, joriy yil boshida Prezident administratsiyasiga kiritilgan. Lekin administratsiya tomonidan bir qator e’tirozlar bo‘lgan, xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifa yuklatilgan.

«Biz vazifalardan kelib chiqib, qonun loyihasini yanada takomillashtirdik. Shu kunlarda yana bir marta oxirgi versiyasini Prezident administratsiyasi orqali Qonunchilik palatasiga kiritishni rejalashtirganmiz. O‘ylaymanki, shu oy oxiriga qadar bu qonunni sizlarning e’tiboringlarga ko‘rib chiqish uchun kiritamiz», — degan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov.

 

Botir Qodirov sudda yutdi 

Jo‘rayevlar ishida sud qarori o‘qildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi xonanda Botir Qodirovning da’vo arizasini qanoatlantirib, marhum Sherali Jo‘rayevning unga nisbatan otalik faktini