Myanma hukumati BRIKS böyiça kuzatuvçi maqomini olişga qiziqiş bildirmoqda. Bu haqda respublika axborot vaziri Maun Maun On ma’lum qildi.
«Biz töliq a’zoliksiz kuzatuvçi davlat maqomida birlaşiş niyatidamiz. Kelajakda taşkilotning töliq a’zoligiga ariza beriş rejamiz ham bor. Mintaqamizda, Janubi-Şarqiy Osiyoda köpçilik ariza berib böldi», — deydi vazir.
Uning sözlariga köra, Myanma Qozonda ötkaziladigan BRIKS sammitida iştirok etişga qiziqiş bildirgan, ammo hozirça rasmiy taklif olmagan.
Sentyabr boşida Turkiya BRIKSga qöşiliş böyiça rasmiy ariza bergandi, şuningdek, Ozarboyjon va Turkiya ham blokka qöşiliş niyatida ekanini ma’lum qilgan.
BRIKS — iqtisodiy hamkorlik taşkiloti. 2001 yilda britaniyalik iqtisodçi Jim Onil jahon iqtisodini örganiş jarayonida bir guruh katta davlatlarda iqtisodiy tizimli ösişga e’tibor berib, şartli ravişda BRIK deb ataydi (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy). 2010 yilda bunga JAR qöşildi, bugun taşkilotda töqqizta davlat bor.
2023 yil 23 avgust kuni JAR prezidenti Siril Ramaposa Argentina, Eron, Saudiya Arabistoni, Misr, Efiopiya va Birlaşgan Arab Amirliklariga tölaqonli a’zo sifatida taşkilotga qöşiliş taklifi bildirilganini ma’lum qilgandi. Keyinroq Argentina BRIKSga qöşilişdan boş tortgan.

















