Yevropa sudi 2019 yilda Yevrokomissiya tomonidan reklama şartnomalarini tuzişda raqobat qoidalarini buzgani uçun Google texnologik gigantiga nisbatan belgilagan 1,49 milliard yevro miqdoridagi jarimani bekor qildi.
«Sud komissiyaning aksariyat xulosalarini qöllab-quvvatlaydi, ammo Google’ga nisbatan belgilangan qariyb 1,5 milliard yevrolik jarimani bekor qiladi. Komissiya tomonidan qonunga xilof deb topilgan şartnomaning amal qiliş muddatini belgilaşda barça şartlar hisobga olinmagan», — deyiladi sud qarorida.
Google sudning mazkur qarorini olqişladi. «Sud dastlabki holatdagi xatosini tan olib, jarimani bekor qilganidan xursandmiz», — deyiladi kompaniya bayonotida.
Yevrokomissiya oxirgi yillarda Google’ga nisbatan köp milliardlik jarimalarni belgiladi. Xususan, 2017 yilda Yevrokomissiya Google’ga nisbatan 2,4 milliard yevro jarima belgilagan edi — bunga kompaniya qidiruv sahifasiga öz servisini birinçi öringa qöyişi sabab qilib körsatilgan.
Lyuksemburgdagi Yevropa sudi Google’ga qarşi antimonopoliya hamda Apple kompaniyasiga qarşi noqonuniy soliq imtiyozlarini oliş böyiça quyi instansiya sudlarining qarorini tasdiqlagan edi. Google işida sud Yevrokomissiyaning 2017 yilda kompaniyaning bozordagi ustun mavqeyini suiiste’mol qilganlik uçun 2,4 milliard yevro jarimaga tortiş böyiça qarorini ma’qullagan. 2021 yilda Google bu iş böyiça apellyatsiyada yutqazgan edi. Lyuksemburgdagi sud oxirgi instansiya bölib qolayotgandi.

















