Atom energetikasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) Boş konferensiyasi 68-sessiyasida «Ukrainada yadroviy xavfsizlik, muhofaza va kafolatlar» rezolyutsiyasini 65 ovoz bilan ma’qulladi. Hujjatga agentlikka a’zo 52 davlat hammualliflik qilgan, uning matni Ukraina Energetika vazirligi veb-saytida e’lon qilindi.
Rezolyutsiyada Ukraina atom elektr stansiyalari, jumladan, Zaporijjya AES (ZAES) Ukrainaning töliq suveren nazorati ostida işlaşi kerakligi tasdiqlanadi. AEXA ZAES hududidan rossiyalik harbiylar va boşqa xodimlarni zudlik bilan olib çiqib ketişga va stansiya xavfsizligini ta’minlaş uçun uni Ukraina hukumati nazoratiga qaytarişga çaqirdi.
ZAES Ukraina nazoratiga qaytarilgunga qadar, Rossiya stansiyadagi barça obektlarga AEXA xodimlarining çeklovsiz kirişini ta’minlaşi şart.
Hujjatda Agentlikning Ukrainadagi yadroviy xavfsizlik xatarlarini bartaraf etiş böyiça keyingi sa’y-harakatlari qöllab-quvvatlanişi bildirilgan, ayniqsa agentlik boş direktorining Ukraina atom elektr stansiyalari faoliyati uçun muhim bölgan yuqori voltli nimstansiyalarga kuzatuv missiyalarini yuboriş töğrisidagi qarori kontekstida. Şuningdek, yadroviy inşootlarning xavfsiz işlaşini ta’minlaş uçun AEXA tomonidan Ukrainaga texnik yordam körsatişni davom ettirişni qöllab-quvvatlaş va tegişli dasturlarni keyingi siyosiy, moliyaviy va moddiy qöllab-quvvatlaş körsatilgan.

















