Özbekiston qonunçiligi talabalarga işlaşni taqiqlamaydi. Bugun köça-köyda kitob tutganni ham, velosipedda yetkazib beriş xizmatlarida işlayotgan talabalarni ham köriş odatiy holga aylangan. Xöş, aslida talaba öqişi kerakmi yoki işlaşi? Kun.uz mavzu böyiça rektorlar, öqituvçi hamda talabalar fikrini örgandi.

Talabalarning ham öqib, ham işlaşi butun dunyoda bor tendensiya. Lekin har narsada bölgani kabi bunda ham me’yor kerak. Talabalarning köpçiligi ham işlamasdan faqat öqişni xohlaşini aytadi. Biroq moddiyat şuni taqozo qilgani uçun ham öqib, ham işlayotgan talabalar hozirda ança köpaygan. Kun.uz gaplaşgan talabalarning aksariyati bugun turli sohalarda işlaydi. Ularning fikriça, öqiş va işni bir vaqtda eplaş – köproq talabalarning öziga boğliq. Biroq işdan ortib öz ustida işlaş, mustaqil rivojlaniş, kutubxonaga boriş, ilmiy adabiyotlar bilan tanişiş uçun vaqt yetmaydi, deydi talabalar.

Bu borada oliygohlar rektorlarining fikrlari har xil, lekin ularning deyarli heç biri işlaşga qarşi emas. Masala – talabaning işlaş-işlamasligida emas, qayerda işlaşida.

Agrar universiteti rektori Sohib Islamov öz talabaligini yodga olarkan, qora işlarda ham işlaganini, lekin bu uning öqişiga ta’sir qilmaganini aytadi. Bugun rektor sifatida u talabalarning faqat öz mutaxassisligi böyiça işlaşi tarafdori.

Toşkentdagi INHA universiteti rektori Muzaffar Jalolov ham işlaş masalasiga ijobiy qaraydi. Uning özi ham talabaligida işlagan, biroq 1-bosqiçdanoq yoşlarning bilimga emas, pulga, işga qiziqib ketişi yomon deb hisoblaydi. Bitiruvçi kurs talabalari olgan bilimlarini mustahkamlaş uçun işlaşsa, maqsadga muvofiq böladi. Ota-onalar talaba farzandini boqiş, öqitiş mas’uliyatini  böyniga olişi lozim, deydi rektor.

ÖzMU öqituvçisi Vohidjon Topildiyev fikriça, işlayman degan talabalar keçki yoki sirtqi ta’lim turida öqişi kerak. Töğri, qonunan ularning işlaşga haqqi bor, lekin kunduzgi ta’limda öqiydiganlar işlamasa, töğriroq böladi. Bundan taşqari, talaba öz sohasida işlasagina, bu uning foydasiga bölişi mumkin, deydi professor.

Agrar universiteti öqituvçisi Alimardon Mengnorov ham şu fikrda. U talabalar darsdan çiqiboq işga şoşişini aytadi. Bu örinda asosiy mas’uliyatni ota-onalar böyniga olişi kerak, deydi u.

Bugun barça xarajatlarini, tölov-kontrakt summasini özi qoplaydigan, hattoki bulardan orttirib oilasiga ham pul jönatadigan talabalar ançagina. Ba’zi ota-onalar esa bunday farzandidan faxrlanib, oila mas’uliyatini ham farzandiga yuklab qöygan. Rektor va öqituvçilar fikriça, bu faxrlanadigan holat emas. Talaba qisqa 4-5 yilini faqatgina öqigani sarflasa, kelajakda özi uçun farovon hayotga zamin hozirlagan böladi, deydi ular.