Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, 2024 yilning yanvar-avgust oylarida 74,7 ming nafar çet el fuqarolari davolaniş maqsadida Özbekistonga kelgan.
Bu körsatkiç ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 34 ming nafarga yoki 83,6 foizga oşgan.
2024 yilning 8 oyi mobaynida Özbekistonga davolaniş maqsadida kelgan çet el fuqarolari mamlakatlar böyiça quyidagiça:
- Tojikiston — 57 380 nafar;
- Qozoğiston — 8 542 nafar;
- Qirğiziston — 6 704 nafar;
- Rossiya — 1 299 nafar;
- Turkmaniston — 672 nafar;
- Turkiya — 27 nafar;
- Afğoniston — 20 nafar;
- boşqa davlatlar — 84 nafar.

















