Falastin prezidenti Mahmud Abbos 26 sentabr kuni Nyu-Yorkda BMT Boş Assambleyasida dunyo yetakçilariga murojaat qilib, Falastin xalqi öz vatanini, ajdodlari zaminini taşlab ketmasligini ta’kidladi. U Isroilni Ğazo sektoridagi uruşini qoralab, xalqaro hamjamiyatni «genotsid»ni töxtatişga çaqirdi, şuningdek, uruşdan keyingi anklav holati böyiça öz rejasini taqdim etdi.

Mahmud Abbos nutqini «Biz ketmaymiz» iborasini uç marta takrorlaş bilan boşladi. U Isroilni Ğazoni vayron qilib, yaşaş uçun yaroqsiz qilib qöyganlikda aybladi.

«Falastin — vatanimiz, ota-bobolarimiz zamini. U bizniki bölib qoladi, agar kimdir ketişi kerak bölsa, bu özboşimça bosqinçilar böladi», dedi Abbos.

Falastin rahbari Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyahuning armiyasi Ğazoda tinç aholini öldirmayapti, degan da’vosini rad etdi.

«Sizdan sörayman, u holda 15 mingdan ortiq bolani kim öldirgan?», dedi Abbos.

U Ğazo sektoridagi uruş va genotsidni töxtatişga, Isroilga qurol yuborişni töxtatişga çaqirdi.

«Xalqimiz bilan sodir bölayotgan voqealar uçun butun dunyo javobgar», deb ta’kidladi Falastin prezidenti.

Mahmud Abbos öz nutqida isroillik köçmançilar zöravonligi va turar-joy kengayişiga töxtalib, Ğarbiy Sohilning Isroil tajovuziga muntazam duçor bölayotganini qayd etdi.

«Şafqatsiz köçmançilik faoliyati kuzatilyapti. Ular butun Falastin böylab uy qurmoqda, göyo Falastin ularnikidek», dedi u.

U Isroilni Ma’bad toğidagi status-kvoni buzganlikda ayblab, «Isroil terrorçi vaziri» Al-Aqso masjidida ibodatxona qurişga çaqirganini da’vo qildi. Aftidan u öta öng qaraşlari bilan tanilgan Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirni nazarda tutdi.

Mahmud Abbos baland minbardan turib, Bayden ma’muriyatini Ğazo sektoridagi uruşda Isroilni qöllab-quvvatlayotgani uçun ham tanqid qildi. Uning aytişiça, Qöşma Ştatlar Falastin davlatining BMT töliq a’zosi bölişiga qarşi ovoz bergan Xavfsizlik Kengaşining yagona a’zosidir.

Falastin rahbari turli rezolyutsiyalarni buzgani uçun Isroilni BMT a’zoligidan çiqarib yuborişni talab qilişini aytdi.