NASA va SpaceX Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) töqqizinçi Crew Dragon missiyasini uçirdi. Ekipaj tarkibidan rossiyalik kosmonavt Aleksandr Gorbunov va amerikalik astronavt Nik Xeyg örin olgan.

Start Floridadagi Kanaveral burnida joylaşgan kosmodromdan 28 sentabr kuni soat 01:17 da amalga oşirilgan. 

Kosmonavtlar missiya doirasida «Yerning past orbitasidan taşqarida kosmosni inson tomonidan örganişga tayyorgarlik köriş va insoniyatga foyda keltiriş uçun» 200 dan ortiq ilmiy tajribalarni amalga oşiradi. 

Kosmik kema 29 sentabr soat 15:30 da XKS bilan tutaşadi. 

Crew Dragon parvozi «Roskosmos» va NASA’ning özaro hamkorligida amalga oşirilmoqda — bu boradagi bitim 2025 yilgaça amal qiladi. Dastur doirasida rossiyalik kosmonavtlarni AQŞda işlab çiqarilgan havo kemalarida, amerikalik astronavtlarni esa aksinça — rossiya raketalarida uçiriş közda tutilgan. 

Mazkur missiyani amalga oşiriş avgust oyiga rejalaştirilgan edi, ammo Boeinğning Starliner ekipajini qaytariş işlari sabab u keçiktirildi. Starliner 5 iyunda uçirildi va ertasi kuni kema XKS bilan tutaşgan. Kema bortida astronavtlar Batç Uilmor va Sunita Uilyams bölgan. Kema va uning ekipaji 8 kundan keyin Yerga qaytadi deb taxmin qilingan edi, biroq parvoz vaqtida dvigatel tizimida muammo yuzaga keldi. Uşbu nosozlik tufayli Starliner ekipajining Yerga qaytişi xavfli deb topildi va ular 7 sentabrga ötar keçasi Xalqaro kosmik stansiyadan ajralib, Yerga muvaffaqiyatli qaytdi.

Avvalroq «Roskosmos» davlat korporatsiyasining boşqariladigan «Soyuz MS-26» kosmik kemasi avtomatik ravişda Xalqaro kosmik stansiyaning «Rassvet» moduliga tutaşgani töğrisida xabar berilgandi. Transport kemasi bortida — «Roskosmos» kosmonavtlari Aleksey Ovçinin va Ivan Vagner, şuningdek, NASA astronavti Donald Pettit bor.