«Yil öqituvçisi» tanlovi ötkazilib, ğoliblarga uç xonali uy beriladi - prezident
|21:53 / 30.09.202412 6868 min
Ta’lim sifatini yangi bosqiçga kötariş böyiça 7 ta yönalişda vazifalar belgilandi.
Foto: Prezident matbuot xizmatiFoto: Prezident matbuot xizmati
Özbekistonda «Yil öqituvçisi» tanlovi ötkazilib, ğoliblarga uç xonali uy beriladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev Pedagogik mahorat milliy institutida öqituvçi va murabbiylar bilan muloqot çoğida ma’lum qildi.
«Ta’kidlaş kerakki, yuksak mahoratli, jonkuyar va talabçan öqituvçilar – bular ham xalqning, millatning noyob boyligi. Ularning har biri takrorlanmas şaxs. Ularning maşaqqatli, mas’uliyatli mehnati eng yuksak baho va rağbatga munosib.
Har yili “Yil öqituvçisi” tanlovi ötkazilib, tuman va şaharlarda ğolib bölgan öqituvçilarga prezident sovğasi sifatida uç xonali uy beriladi.
208 nafar öqituvçi uç xonali uy oladi. Lekin uy bekordan bekorga berilmaydi. Tumanda ğolib böliş kerak, tumanda donği ketgan bölişi kerak.
Nima uçun öqituvçilarga beryapman. Bu eng töğri yöl», — degan Şavkat Mirziyoyev.
Muloqotda davlati rahbari ta’lim sifati masalasiga alohida töxtaldi.
Davlat ta’lim muassasalarida 46 ming nafar, xususiy taşkilotlarda esa 38 ming nafar pedagog 5 yil davomida malaka oşirmagani qayd etildi. Bu yil sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar yordamida ötkazilgan attestatsiya jarayonlarida 21 ming nafar pedagog malaka böyiça yetarli ball töplay olmagan. Afsuski, bunday holatlar öquvçilarning bilimiga salbiy ta’sir körsatmoqda.
Şu bois, ta’lim sifatini yangi bosqiçga kötariş böyiça 7 ta yönalişda vazifalar belgilandi.
Birinçi yönaliş. Abdulla Avloniy nomidagi institut pedagoglarda kasb mahoratini oşirişga mas’ul böladi. Institutning 12 ta hududiy markazini zamonaviy qiyofaga keltiriş va jihozlaş uçun yaqin 3 yilda budjetdan har yili 50 milliard söm ajratiladi. Malaka oşirişda vazirlik – malaka oşiriş markazi – maktab va boğçani boğlaydigan vertikal tizim yölga qöyiladi.
Bundan taşqari, joylarda 1 ming 300 ta tayanç maktab va 200 ta boğça tanlab olinib, yoş pedagoglar uçun “Kasbiy rivojlaniş kuni” va “Kasbiy rivojlaniş soati” taşkil etiladi. Buning uçun yetakçi öqituvçilarning iş haqiga 20 foiz ustama qöşiladi.
Mavzuga oid
Ikkinçi yönaliş
. Muallimlarni qöllab-quvvatlaş, ularning mehnatini rağbatlantiriş davom ettiriladi. Kelgusi öquv yilidan xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini beriş yölga qöyiladi. Sinovlarda 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglar qöşimça 70 foiz ustama oladi.
Davlat rahbari “Yil öqituvçisi” tanlovi ötkazilib, 208 ta tuman va şahardan ğolib bölgan öqituvçilarga sovğa sifatida uy-joy berilişini e’lon qildi.
Şuningdek, har yili sanatoriy va dam oliş maskanlariga yuboriladigan öqituvçilar soni 2 barobar oşiriladi.
Bir yil oldin maktab direktorlarini öqitiş tizimi joriy etilgan edi. Bugungi kunda ulardan 1 ming 206 nafari menejerlik sertifikatiga ega böldi. Hozir ana şu direktorlarga örtaça 3 million söm ustama berilmoqda.
Endi bu amaliyot 2025 yil 1 sentabrdan boğça mudiralariga ham tatbiq etiladi va ularga har oyda 30 foizgaça qöşimça ustama tölanadi.
Bilimdon va jonkuyar öqituvçilar xalqning noyob boyligi ekani ta’kidlanib, ular haqida “Ustozga ehtirom” nomli kitob va filmlar yaratiş zarurligi aytildi.
Uçinçi yönaliş. Aholi ösişi tufayli yiliga maktablarda 120 mingta, boğçalarda 30 mingta qöşimça öringa talab yuzaga kelmoqda.
Kelgusi yili budjetdan ajratiladigan 3 trillion 200 milliard söm hisobidan 375 ta maktab va 97 ta boğça rekonstruksiya qilinadi va yangilari quriladi.
Bundan taşqari, Islom taraqqiyot banki va OPeK jamğarmasining 50 million dollar mablaği doirasida kelgusi 4 yilda 200 ta xususiy boğça qurilib, yangi 30 mingta örin yaratiladi.
Yangi yildan boşlab, xususiy sektorda öquvçi örinlarini köpaytiriş uçun maktab oçadigan tadbirkorlarga 20 milliard sömgaça kredit ajratiladi. Kredit foizining asosiy stavkadan 1,5 barobar oşgan qismi budjetdan qoplanadi.
Şuningdek, yangi quriladigan xususiy maktab binolari uçun kommunal xarajatlarning 50 foizi 5 yil muddatgaça budjetdan tölab beriladi.
Şu bilan birga, tadbirkorlar öz hisobidan maktab qursa, unga ketgan xarajatlar foyda soliğidan ikki yil davomida teng uluşlarda çegirib taşlanadi.
Törtinçi yönaliş. Ta’limda sifat va raqobatni ta’minlaş uçun raqamlaştiriş darajasi oşiriladi.
Ötgan 5 yilda 13 ming 500 dan ortiq kompyuter sinf xonalari 200 mingta zamonaviy kompyuter bilan ta’minlandi. Kelgusi yil yana 2 mingdan kompyuter sinflari yangilanadi, bunga budjetdan 400 milliard söm beriladi.
Ana şu kompyuterlarga elektron ta’lim kontentlari yuklanib, bolalar uçun mustaqil ta’lim oliş imkoniyati oşadi. Öquvçilar murrakab konsepsiyalarni oson özlaştirişi uçun aniq va tabiiy fanlar böyiça virtual laboratoriyalar taşkil etiladi. Yangi öquv yilidan boşlab bunday laboratoriyalar har bir viloyatda 10 tadan maktabda qilinadi.
Şuningdek, maktab tizimida öqituvçi öz imkoniyati va yutuqlarini, yangi işlanmalarini e’lon qilişi uçun yagona onlayn platforma yaratiladi.
Singapurlik 16 nafar ekspert matematika va tabiiy fanlar öqituvçilarining kasb mahoratini oşiradi. Pedagoglar sun’iy intellektga asoslangan ta’lim platformasida bilimlarini bir yil davomida muntazam sinovdan ötkazadi.
Xususiy boğçalardagidek, 6 ming 800 ta davlat boğçalarida ham davomat, tölovlar, oziq-ovqat xarajatlarini şakllantiriş töliq raqamlaştiriladi. Buning uçun boğçalar planşetlar bilan ta’minlanadi.
Beşinçi yönaliş. Prezident maktablari va ixtisoslaşgan maktablar tajribasi ommalaştiriladi.
Bu yönalişda yana 1 mingta umumta’lim muassasasida Prezident maktablari va ixtisoslaşgan maktablardagi baholaş tizimini joriy etiş boşlandi. Hokimliklarga ularni ta’mirlaş va zarur darajada jihozlaş böyiça körsatmalar berildi.
Maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus, oliy ta’lim va malaka oşiriş tizimida yagona uzviy zanjirni yölga qöyiş uçun pedagogik ta’lim klasterlari taşkil qilinadi. Bu tajriba-sinov tariqasida dastlab Andijon va Buxoro şaharlarida barpo etiladi.
Oltinçi yönaliş. Iqtidorli yoşlarni seleksiya qiliş tizimi yangi bosqiçga olib çiqiladi. Buning uçun xalqaro darajada fan olimpiadalariga tayyorlaş markazi taşkil etiladi.
Rağbatlantiriladigan xalqaro fan olimpiadalari soni 18 tadan 22 taga yetkaziladi. Bunda nufuzli xalqaro olimpiadada oltin medal olgan öquvçiga 170 million söm, kumuş medalga 102 million söm, bronza medal uçun 68 million söm mukofot puli beriladi.
Şu bilan birga, ana şu öquvçilarning öqituvçilari 50 milliondan 150 million sömgaça mukofotlanib, ularga bir yilda 100 foizlik ustama oliş imkoni yaratiladi. Ilk bor xalqaro fan olimpiadalarida ğolib bölgan öquvçilar jamoasi rahbarlarini ham rağbatlantiriş tizimi yölga qöyiladi.
Prezident pedagogika yönalişida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uçun Abdulla Avloniy nomidagi stipendiyani taşkil etiş taşabbusini bildirdi.
Yettinçi yönalişda ta’limning ajralmas qismi bölgan tarbiya va odob-axloq masalalariga e’tibor qaratildi. Şu maqsadda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti yangidan taşkil etildi.
Yoşlarda ğoyaviy immunitetni şakllantiriş, ota-onalar, öqituvçi va öquvçilar uçun tarbiyaga oid raqamli kontentlar yaratiş muhimligi ta’kidlandi.
Şuningdek, bu borada teatr va kino san’atidan foydalaniş, yoşlar ijodini qöllab-quvvatlaş, jismoniy tarbiya va sportni ommalaştiriş, kitobxonlikni yanada kengaytiriş vazifalari körsatib ötildi.
Uçraşuv oçiq muloqot tarzida davom etdi. Bu yerga yiğilgan va hududlar orqali boğlangan pedagoglar fikr va takliflarini aytdi. Prezidentimiz ularni qöllab-quvvatlab, takliflarini amalga oşiriş böyiça mutasaddilarga topşiriqlar berdi.