«Maktabgaça ta’lim sifati va samaradorligini yanada oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Unga köra, 2025 yil 1 yanvardan:
- maktabgaça ta’lim taşkilotining direktori örinbosari lavozimi joriy etiladi;
- respublikaning barça tuman va şaharlarida kamida bittadan tayanç maktabgaça ta’lim taşkilotlari faoliyati yölga qöyiladi;
- barça maktabgaça ta’lim taşkilotlarida malaka oşirişning «Metodik mahorat soati», tayanç maktabgaça ta’lim taşkilotlarida esa «Metodik mahorat kuni» kabi şakllari bosqiçma-bosqiç joriy etiladi;
- trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor örinbosarlariga lavozim maoşining 20 foizi miqdorida qöşimça har oylik ustama haq tölanadi.
2025 yil 1 martdan tajriba-sinov tariqasida respublikaning uzoq va çekka hududlarida joylaşgan maktabgaça ta’lim taşkilotlari pedagog kadrlari uçun mobil malaka oşiriş xizmatlari joriy etiladi.
Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri jamğarmasi hisobidan maktabgaça ta’lim taşkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini ham rağbatlantirişga ruxsat etiladi.
2025 yil 1 yanvardan tajriba-sinov tariqasida har bir tuman va şahardagi bittadan umumiy turdagi davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarida inklyuziv ta’lim guruhlari oçiladi.

















